14:10 16 Dekabr 2017
Efir
Yuk tashuvchi vagonlar, arxiv surat

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida temir yoʻl orqali yuk tashish yoʻlga qoʻyildi

© Flickr/ Philip Clifford
Iqtisod
Havola olish
26330

Xitoyning Shensi viloyati maʼmuriyati markazi Sian shahri va Oʻzbekiston oʻrtasida temir yoʻl orqali yuk tashish yoʻlga qoʻyildi

TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida temir yoʻl orqali yuk tashish yoʻlga qoʻyildi.

Sinxua xabariga koʻra, 41 vagondan iborat temir yoʻl poyezdi 24 fevral kuni 1000 tonna miqdoridagi paxta tolasi ortgan holda Toshkentdan Siandagi Sinchju temir yoʻl bekatiga borgan.

Yangi marshrut yuk tashish uchun ketadigan vaqtni 1 oydan 15-18 kungacha qisqartirgan.

Har oyda Xitoyga Oʻzbekistondan 3 ming tonnaga yaqin yuqori sifatli paxta tolasi import qilinadi. Mahsulot Siandan Xitoyning shimoliy va sharqiy hududlariga olib ketiladi.

Siandan Markaziy Osiyoga temir yoʻl qatnovi 2013 yildan yoʻlga qoʻyilgan. Bu yoʻl orqali qatnov Yevropaga qadar davom etadi. 23 fevral holatiga koʻra, shu yoʻnalishda 290 marta qatnov amalga oshirilib, 454 ming tonna yuk turli shaharlarga, jumladan Olmaota, Hamburg va Moskvaga yetkazilgan.

Asosiy mavzular