21:48 17 Oktyabr 2017
Efir
Denejnыe kupyurы Uzbekistana

Prezident qarori: mikrokredit berish tartibi yanada osonlashdi

© Flickr/ Aleksandr Zykov
Iqtisod
Havola olish
1973112

Aholining keng qatlamlari uchun mikrokreditlar berish tartibini osonlashtirish haqida Oʻzbekiston prezidenti qarori imzolandi.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Shavkat MIrziyoyev tomonidan imzolangan yangi qarorda aholining keng qatlamlari uchun mikrokreditlar berishning butunlay yangi mexanizmi tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Today.

Qarorga koʻra, yangi roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlarga va yuridik shaxs tashkil qilmagan oilaviy pudratchilarga va aholining boshqa qatlamlariga mikrokreditlar berish tartibi osonlashtirildi.

Beriladigan mikrokreditlar qaymati eng kam ish haqqining 20 baravarigacha boʻlishi mumkin. Mikrokreditlar kafolati sifatida, kredit evaziga sotib olingan mahsulotlar yoki asbob-uskunalar qabul qilinishi mumkin. 

Qoʻshimcha tartibda mikrokreditlar hajmi eng kam ish haqqining 60 baravarigacha oshirilishi mumkin. Buning uchun aholi oʻz-oʻzini boshqarish organining (mahalla qoʻmitasi) kafolati kerak boʻladi.

Oʻzbekiston Markaziy bankiga bir oy davomida yuqorida koʻrsatilgan mikrokreditlar berish tartibini tasdiqlash topshirilgan.

Shuningdek, karorda bir oy davomida har bir viloyatda tadbirkorlarga mikrokreditlar evaziga sotishga moʻljallangan qishloq xoʻjalik va maishiy texnika, asbob-uskunalar, qurilish mollari va boshqa mahsulotlar yetkizib beruvchi korxonalar roʻyxati belgilanishi kerak, deyilgan.

Asosiy mavzular