O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 50 %ga kamaydi

© Gazeta.uzGM Uzbekistan avtomobil zavodi
GM Uzbekistan avtomobil zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Umumjahon avtomobil ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi (OICA) dunyo mamlakatlarida 2016-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar soni haqida ma’lumot e’lon qildi.

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. OICA ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida O‘zbekistonda 88 152 ta avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu 2015-yilga nisbatan 52,5 %ga kam.

Shuni aytib o‘tish kerak-ki, O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillarning asosiy  "iste’molchisi" bo‘lgan Rossiyada 2014-yilda yuz bergan iqtisodiy tanglik, bu yerda avtomobillar savdosi keskin kamayishiga olib keldi.

Jeneral Motors zavod konveyeri - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada oltita avtomobil zavodi yopilishi mumkin

2014 yilda O‘zbekistonda 245 660 ta avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2015-yilda 185400 ta atvomobil ishlab chiqarildi. Bu 2014-yilga qaraganda 24,5% ga kam.  

Eslatib o‘tamiz, avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston MDH mamalkatlari orasida ikkinchi o‘rinda turadi. Rossiyada 2016-yilda 1,3 mln dona avtomobil ishlab chiqarilgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha  Gollandiya, Finlyandiya, Misr, Serbiya va  Ukraina kabi mamalkatlardan oldinda.

Yangiliklar lentasi
0