O‘zLiDeP – 50 tadbirkorga qayta oyoqqa turishga yordam berdi

© Pixabay / antonin77Zaklyuchenie sdelki
Zaklyuchenie sdelki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zLiDeP Toshkent kengashi Toshkentda tadbirkorlar faoliyati tugatilishi yoki to‘xtatib qo‘yilishiga nima sabab bo‘lyayotganini o‘rganib chiqdi.

TOShKENT, 2 apr – Sputnik. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent kengashi a’zolari o‘z faoliyatini to‘xtatgan 4285 nafar tadbirkor va kichik biznes vakillari duch kelgan muammolarni o‘rganib chiqdi. 

“Qulay biznes muhiti – tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishning muhim omili” mavzuyida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida o‘z faoliyatini tugatgan kichik biznes va xususiy tadbirkorolarning faoliyatini qayta tiklash va ularning faoliyati yo‘lida g‘ov bo‘layotgan to‘siqlarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

“Poytaxtimizda 56 ming 691 tadbirkorlik subekti faoliyat olib bormoqda. Joriy yilda shundan 4 ming 285 nafari o‘z faoliyatini to‘xtatgan”, – deydi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi raisi To‘rabek Nazarov.

Nazarov aytishiga qaraganda ushbu 4285 nafar tadbirkor va kichik biznes vakillari faoliyat yuritmaslik holatlari yaqindan o‘rganib chiqilganda, ular quyidagi muammolarga duch kelgani aniqlangan:

  • boshlang‘ich sarmoya va aylanma mablag‘larning yetishmasligi;
  • xomashyo taqchilligi;
  • kredit olish uchun garov mol-mulkining yo‘qligi;
  • tadbirkorlarning sohaga oid qonun hujjatlari mazmun-mohiyatidan yetarli darajada xabardor emasligi; 

Ushbu muammoalr tizimli ravishda o‘rganib chiqilib, partiya vakillari mahalliy hokimiyatlar bilan birgalikda, 2017-yilning yanvar-fevral oylarida 50 dan ortiq tadbirkorga o‘z faoliyatini qayta tiklashga, qayta oyoqqa turib olishga ko‘maklashishdi, — deyilgan xabarda.  Majlisda qayd etilishiga ko‘ra, parti vakillari ushbu yo‘nalishda  faoliyatini izchil davom ettirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0