Samarqand viloyatida chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik rivojlantiriladi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishKorovi na molochno-tovarnoy ferme
Korovi na molochno-tovarnoy ferme - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyatda chorvachilik va parrandachilik bilan bog‘liq o‘nlab loyihalar ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Samarqand viloyatida 2017-yilda moliyalashtirilishi ko‘zda tutilayotgan yirik chorvachilik loyihalari bilan tanishdi.

Viloyatda joriy yilda "Chortut", "Chorva sut servis" fermer xo‘jaliklari, "Naslli chorva import", "Samarqand milk", "Aykan savdo", "Chorva nasl birlashma" mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan jami 35 million 810 ming so‘mlik loyihalar amalga oshirilishi mo‘ljallanmoqda. Ushbu korxonalarda yiliga 14 ming 250 tonna sut, 875 tonna go‘sht mahsulotlari ishlab chiqariladi, 230 ish o‘rni yaratiladi.

Qo‘shrabot tumanida 2017-2021 yillarda aholi, fermer va dehqon xo‘jaliklarida 10 ming echki va 5 ming qo‘y boqishni tashkil qilish loyihasi ham yirik loyihalardan. Qiymati 7,7 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyihada Rossiyadan 10 ming naslli echki, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlaridan 5 ming hisori qo‘y olib kelish mo‘ljallangan.

Ferma - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda chorvachilik va baliqchilikka alohida e’tibor qaratiladi

Urgut tumanida "Cho‘ponota parranda" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida parranda ozuqasini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi hududida faoliyat olib boradigan mazkur korxona 3 million AQSh dollari qiymatiga teng.

U 2018-yilning birinchi choragida ishga tushiriladi. Natijada viloyatdagi parrandachilik xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida boqilayotgan parrandalar uchun yiliga 8-10 ming tonna ozuqa mahsulotlari yetkazib beriladi. Loyihada 30 ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

"Afrosiyob parranda" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan parrandachilik, baliqchilik va chorvachilik xo‘jaliklari uchun omixta yem ishlab chiqarish loyihasi taqdim etilmoqda.

Loyihaga muvofiq korxonaga soatiga o‘n tonna komponentlari elektron aniqlik bilan dozalashtirilgan yuqori sifatli omixta yem ishlab chiqarish quvvatiga ega Gollandiya texnologiyasini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Tayyor mahsulotlar mamlakatdagi xususiy tadbirkorlar va aholi ehtiyojlari uchun, shuningdek, eksportga yo‘naltiriladi.

"Zarafshon parranda" xususiy ishlab chiqarish tijorat firmasi loyihasiga ko‘ra, Jomboy tumanidagi Mang‘it qishlog‘ida 39 gektar hududda jo‘ja va tuxum yetishtirish kompleksi tashkil etiladi. Bunga 12 milliard so‘m mablag‘ jalb etish mo‘ljallangan. Loyihaning ishga tushirilishi natijasida yiliga 5 million dona jo‘ja aholi xonadonlari va parrandachilik korxonalariga yetkazib beriladi.

Siplenok induka - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda yiliga 2 mln kurka jo‘jasi yetishtiriladigan loyiha ishga tushadi

"Siyob Shavkat Orzu" fermer xo‘jaligi tomonidan Tayloq tumani Payshanbasiyob qishlog‘idagi o‘n gektar hududda parranda boqish va parranda go‘shti yetishtirish rejalashtirilgan. Loyihaga 3 million 518 ming dollar sarflanadi.

Korxonada yiliga 800 ming dona parranda boqish va 12 ming tonna parranda go‘shti yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Yetishtirilgan mahsulot ichki bozorga chiqariladi, muayan qismi eksport qilinadi. Ushbu loyiha 60 yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

"Maroqand parranda" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaga muvofiq yiliga 3 million dona tuxum va 2 million bosh kurka jo‘jasi yetishtiriladi. Loyihaga 39,6 milliard so‘m ajratilishi mo‘ljallangan.

"Kattaqo‘rg‘on jayxun" fermer xo‘jaligi va "Kattaqo‘rg‘on baliqchilik" xususiy korxonasi tomonidan karp, oq amur, oq va chipor do‘ngpeshona hamda boshqa turdagi baliqlarni, baliq chavoqlarini yetishtirishda Vyetnam texnologiyasidan foydalanish mo‘ljallangan. Ushbu ilg‘or texnologiya samaradorlikni besh barobargacha oshiradi. Hududda baliq mahsulotlarini qayta ishlash ham rejalashtirilmoqda.

Loyihani hayotga tatbiq etish uchun 5,1 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi va natijada baliqchilik xo‘jaliklariga yiliga 2 million dona chavoq, 500 million dona lichinka, ming tonna omixta yem yetkazib beriladi. 400 tonna baliq qayta ishlanadi, 200 tonna qadoqlangan, 50 tonna dudlangan baliq mahsulotlari aholiga yetkazib beriladi. Xo‘jalikda 40 yangi ish o‘rni yaratiladi.

Baliq - Sputnik O‘zbekiston
Xivada Vyetnam texnologiyasi asosida baliq yetishtiriladi

Payariq, Samarqand tumanlarida "Maroqand baliq sanoat agro" agrofirmasi va "Oq amur baliqlari" fermer xo‘jaligi tomonidan "Ipoteka-bank" bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarga ko‘ra 450 gektar suv maydonida baliq chavoqlarini ko‘paytirish va baliq mahsulotlarini qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu loyihalar uchun 12 milliard so‘m mablag‘ jalb etiladi.

Loyihalarning ishga tushirilishi natijasida baliqchilik xo‘jaliklariga 10 million dona chavoq, 300 tonna omixta yem yetkazib beriladi, 500 tonna baliq qayta ishlanadi. 300 tonna qadoqlangan, 50 tonna dudlangan baliq mahsulotlari xalq iste’moli uchun bozorlarga chiqariladi. Loyihada 50 kishini ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0