11:05 26 Aprel 2017
Efir
Xokimiyat Samarkandskoy oblasti

Samarqandda oʻndan ortiq ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi

© Xokimiyat Samarkandskoy oblasti
Iqtisod
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi (8)
235 0 0

Janubiy koreyalik investorlar tomonidan tashkil qilinayotgan "Samarkand apparel" korxonasida erkaklar, ayollar va bolalar uchun tayyor kiyim-kechak ishlab chiqariladi

TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Samarqand viloyatida yaqin vaqtlar ichida oʻnlab loyihalar amalga oshiriladi.

Jumladan, "Sharq sanoati" kontserni tarkibida tashkil etilgan intensiv koʻchat yetishtirish loyihasida yangi texnologiya asosida yetishtirilgan koʻchatlar kasallikka chidamliligi, tezpisharligi bilan boshqalaridan ajralib turadi.

Bulungʻur tumanida tashkil etilayotgan "Tohir" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan oʻn bir gektar maydonda barpo etiladigan korxona yiliga 12 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega boʻladi.

Tumandagi "Samarqand garden plast", Jomboy tumanidagi "Grin agro eksport" masʼuliyati cheklangan jamiyatlari va "Maroqand meva-sabzavot" fermer xoʻjaligi tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini saralash, qayta ishlash, qadoqlash markazi tashkil etiladi.

Oqdaryo tumanidagi "Yunusjon ahli" oilaviy korxonasi tomonidan soya oqsili izolyati ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. Yiliga 26 tonna soya donini qayta ishlash quvvatiga ega korxona Xitoyning yetakchi kompaniyalarining zamonaviy uskunalari bilan jihozlanadi. Joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilishi moʻljallangan korxonada soya yogʻi, uni, oqsil izolyati ishlab chiqariladi. Korxonada 80 kishining bandligini taʼminlash koʻzda tutilgan.

"8 mart", “Urgaz textile”, “Urg-Gaz Carpet”, “Arfa Exprod”, "Alnazar orzu servis", "Samarqand Oqdaryo textil tola" kabi masʼuliyati cheklangan jamiyatlarida yiliga 110,4 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish koʻzda tutilgan. Bu korxonalarda tayyor trikotaj, jinsi mahsulotlari, koʻylak va choyshablar ishlab chiqariladi. Korxonalar toʻliq quvvat bilan ishga tushgach, besh mingdan ortiq ish oʻrni yaratiladi.

Bulungʻur tumanidagi "Inter lego" masʼuliyati cheklangan jamiyatida ip-kalava, trikotaj mato va matoni boʻyash hamda tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etiladi. Mazkur loyihaning qiymati 37 million yevro boʻlib, korxona ishga tushgach, yiliga 31 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilinadi, 700 kishi ish bilan taʼminlanadi.

Janubiy koreyalik investorlar tomonidan tashkil qilinayotgan "Samarkand apparel" korxonasida erkaklar, ayollar va bolalar uchun tayyor kiyim-kechak ishlab chiqariladi.

"Kattaqoʻrgʻon charm" qoʻshma korxonasida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Qoʻshrabotda junni qayta ishlash fabrikasi, Samarqand va Oqdaryo tumanlarida zamonaviy issiqxona majmualari quriladi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi (8)

Asosiy mavzular