10:58 23 Avgust 2017
Efir
Vыstavka yarmarka produktsii promыshlennыx tovarov Respubliki Uzbekistan 2017

Biznes-forum yakunlari: Oʻzbekiston Tojikistonga nimalar eksport qiladi?

© sputnik
Iqtisod
Havola olish
51130

Imzolangan shartnomalarga koʻra Oʻzbekiston Tojikistonga avtomobillar, qurilish materiallari, maishiy texnika va oziq-ovqat mahsulotlari yetkizib beradi.

TOSHKENT, 20 apr – Sputnik. Ayni kunlarda Dushanbeda boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazma-yarmarkasi tojikistonlik aridorlarda ulkan qiziqish uygʻotganini xabar qilgan edik.

Koʻrgazmaning uchinchi kuni Oʻzbekiston va Tojikiston biznes vakillari orasida koʻplab shartnomalar imzolandi.  19 aprel kuni Tojikiston Milliy kutubxonasida boʻlib oʻtgan biznes-forumda Oʻzbekiston korxonalari Tojikistonda oʻzlariga yangi hamkorlar topib bir necha shartnomalar imzolashdi, Tojikiston Savdo-sanoat palatasi xabari acosida.

Birinchidan, “Oʻzavtosanoat” AJ Tojikistonning “Lesinvest”, “Tadjmotors” va “Gayur” kompaniyalari bilan avtomobillar yetkizib berish borasida shartnoma va memorandumlar imzoladi.

Ikkinchidan, Oʻzbekistonning “Transneftgazglobalservis” kompaniyasi va Tojikistonning “Gayur” kompaniyalari orasida kimyoviy reagentlar va qurilish materiallari yetkizib berish haqida shartnoma imzolandi.

Uchinchidan, “UZklimat kontrol” qoʻshma korxonasi “Tadjmotors” kompaniyasi bilan,  avtomobil yoritgichlari ishlab chiqaruvchi “Uzchasis” qoʻshma korxonasi Tojikistonning “Lesinvest” va “Tadjmotors” kompaniyalari bilan shartnoma va memorandumlar imzolashdi.

Toʻrtinchidan, “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Tojikistonning “Iqtidor” kompaniyasi bilan oziq-ovqat mahsulotlari savdosini yoʻlga qoʻyish borasida protokol imzolashdi.

Ushbu biznes forumda Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchisi Shoqosim Shoislomov, “Oʻzekspomarkaz” raisi Ibrohim Ergashev, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari  Nazira Dadaxonova,  “Oʻzavtosanoat” AJ raisi oʻrinbosari Toxirjan Jalilov va 300 dan ortiq Oʻzbekiston biznesi vakillari ishtirok etishdi.

Tojikiston tomonidan Savdo-sanoat platasi raisi Sharif Said, Davlat investitsiyalar va davlat mulki qoʻmitasi raisi Kaxxorzoda Fayziddin Sattor, Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari Umed Davlatzod va biznes vakillari ishtirok etdi.  

Eslatib oʻtamiz, oxirgi yil ichida Oʻzbekiston va Tojikiston orasida savdo iqtisodiy munosabatlar kesikin rivojlanib bormoqda.  2016 yilda ikki mamlakat orasida oʻzaro savdo miqdori olti barobar oshib, uning qiymati  70 mln $ ni tashkil qildi. Undan 36 mln Tojikiston mahsulotlari eksporti 34 mln esa – Oʻzbekiston mahsulotlari importiga toʻgʻri kelgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular