05:17 25 Noyabr 2017
Efir
Oʻzbekiston sanoati mahsulotlari Tojikistonda oʻtkazilgan yarmarkada namoyish etildi.

Doʻstlik mustahkamlandi: Oʻzbekiston va Tojikiston 35 mln $lik shartnoma imzoladi

© sputnik
Iqtisod
Havola olish
43140

Tojikistonga Ravon avtomobillarining yetkazib berilishi Dushanbe va Toshkent oʻrtasida imzolangan bitimlar orasida katta salmoqqa ega boʻldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston

TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Tojikiston va Oʻzbekiston biznes doiralari vakillari umumiy qiymati 35 million dollarlik 20ta bitimni imzoladilar, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston Tojikiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Oʻzbekiston tovarlarining Dushanbe shahrida oʻtkazilgan namoyishi katta muvaffaqiyatlar bilan oʻtdi, deb yozadi nashr.

Xabarga koʻra, "Poytaxt-90" savdo markazida oʻtkazilgan toʻrt kunlik koʻrgazma tojikistonliklar orasida katta shov-shuvga sabab boʻlgan. Koʻrgazmaning barcha kunlarida odamlar "oqib" kelishgan: tashrif buyuruvchilar bir palatkadan ikkinchisiga shoshilmay oʻtar, tovarlarni maqtar, savdolashar va yetkazib berilishi imkoniyatlari haqida surishtirardilar, deb yozadi nashr.

Aytilishicha, ayniqsa Ravon avtomobillari tojikistonliklarda katta qiziqishini uygʻotgan. Yaqin orada bu avtomobillar Tojikistonga yetkazib berila boshlaydi, hozircha esa mezbonlar avtomobillar saloni va kapotini tomosha qilish hamda narxini surishtirish bilan cheklanishdi.

"Lesinvest" kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, 2017 yil yanvaridan buyon Tojikistonda Ravon seriyasining 8 dona avtomobili sotilgan. Yaqin oylar ichida Tojikistonda Ravon avtozavodi vakolatxonasi ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu bilan avtomobillar sotuvi oshishiga umid qilinmoqda.

Tojikistonda yaqinda chet el markalaridagi avtomobillarga davlat boji kamaytirilganini inobatga oladigan boʻlsak, oʻzbek avtomobillariga talab ortishi shubhasiz, deb yozgan nashr.

Aytgancha, ancha vaqtdan buyon orzu qilib yurilgan avtomobillardan tashqari, Tojikistonda boshqa oʻzbek tovarlari, masalan, dori vositalari ham paydo boʻlishi kutilmoqda, deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, ikki mamlakat tsement zavodlari, kimyoviy reagentlar va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalari oʻrtasida shartnomalar imzolangan. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari realizatsiyasi boʻyicha protokol imzolangan.

Asosiy mavzular