10:54 26 Aprel 2017
Efir
Pivo ishlab chiqarilishi, arxiv surat

Oʻzbekistonda pivo ishlab chiqaradigan yangi zavod quriladi

© Sputnik/ Sergey Kuznetsov
Iqtisod
Havola olish
66420

Bu Oʻzbekistondagi pivo ishlab chiqaradigan eng yirik korxonalardan biri boʻladi. Zavodda yiliga 300 million litr pivo ishlab chiqariladi

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda yaqin kelajakda pivo ishlab chiqaruvchi yangi yirik zavod qurilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga "Oʻzvinsanoat-xolding"dagi manba.

Manbaning soʻzlariga koʻra, ushbu loyiha tashabbuskori Oʻzbekistondagi vino, aroq, konyak va alkogolsiz salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi eng yirik korxona — "Toshkentvino".

"Yangi zavod Jizzax viloyatining Zomin tumanida quriladi. U mamlakatdagi ushbu yoʻnalishdagi eng yirik korxonalardan biri boʻladi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 30 million dekalitr, yaʼni 300 million litrni tashkil qiladi. Obʼyekt 2019 yil soʻngiga qadar ishga tushirilishi lozim. Ayni vaqtda yer uchastkasi ajratilgan boʻlib, u yerda qurilish ishlari boshlab yuborilgan", — degan  manba.

"Toshkentvino" vakillari ushbu loyihani hayotga tatbiq etish uchun xorijdan strategik sherikni jalb etishni maqsad qilib qoʻyishgan. Jumladan, mutaxassislar Italiya va Germaniya davlatlarida boʻlib, ushbu yoʻnalishdagi eng old kompaniyalar vakillari bilan ushbu loyihani hamkorlikda amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilganlar.

Xususan, Oʻzbekiston tomon Zominda nemis kompaniyalaridan biri brendi ostida pivo ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda.

Asosiy mavzular