O‘zbekiston joriy yilda uzum yetishtirish hajmini 1,9 mln tonnaga yetkazadi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishUzum
Uzum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oxirgi yetti yil ichida uzumni yetishtirish va qayta ishlash sohasida 235 mlrd so‘mlik jami 162 ta investitsion loyihalar amalga oshirildi

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Joriy yil respublikada uzum yetishtirish darajasini 1,9 million tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga "O‘zvinsanot-xolding" kompaniyasi vakili xabar berdi.

Suhbatdosh so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda oxirgi yillarda uzum yetishtiradigan hududlar 7 ming gektarga, ishlab chiqarish esa 136 ming tonnaga ortganini ta’kiladi. Bu holat 2016-yilda maxalliy fermerlarga ishlab chiqarish hajmini 1,7 million tonnadan oshirish imkonini bergan.

Mejdunarodnaya plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2017-yilda 102 ming tonnaga yaqin meva-sabzavot eksport qildi
"Ushbu yo‘nalishda xolding tarkibiga kiruvchi yirik qayta ishlab chiqarish korxonalari alohida ishlarni amalga oshirmoqda. Ular noyob navli uzumlar yetishtiriladigan xususiy plantatsiyalar sonini kengaytirmoqda. Bugungi kunda ular hisobida 4 ming gektardan ortiq xom-ashyo navlari yetishtiriladigan tokzorlar bo‘lib, bu ular xom-ashyo bazasini mustahkamlash imkonini bermoqda. Bundan tashqari, joriy yil kompaniya uzum yetishtirish hududlarinin 1,4 ming gektar kengaytirish rejalashtirilmoqda", — deb ta’kidladi mutaxassis.

Uzum ishlab chiqarish xajmini oshirish uchun korxonaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish talab etiladi. Mana shu uchun kelgusi ikki yil davomida umumiy qiymati 650 milliard so‘mdan ortiq 70ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu o‘z navbatida xalkaro standarlarni tatbiq etgan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatini oshirish va takomillashtirish imkonini beradi.

Ta’kidlash keraki, oxirgi yetti yil ichida uzumni yetishtirish va qayta ishlash sohasida 235 mlrd so‘mdan ortiq 162 ta investitsion loyixalar amalga oshirildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0