17:14 21 Sentyabr 2017
Efir
Pereval Kamchik

Xitoy bilan “Qamchiq-2” tunneli qurish haqida shartnoma imzolandi

© Sputnik/ Stringer
Iqtisod
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)
81230

Oʻzbekiston va Xitoy vakillari Qamchiq dovonida yangi avtomobil tunneli qurish haqida shartnoma imzolashdi.

TOSHKENT, 14 maya — Sputnik. "Oʻzbekiston temir yullari" AJ Xitoyning yetakchi qurilish korxonalari bilan Qamchiq dovoni orqali yangi avtomobil tunneli  qurish haqida bir qator shartnomalar imzoladi.

Bu haqida "Oʻzbekiston" telekanaliga "Oʻzbekiston temir yullari" AJ bosh muhandisi Husniddin Hosilov xabar qildi. Undan tashqari Hosilov Toshkentda halqa temir yoʻli qurilishi haqida xabar berdi. 

Eslatib oʻtamiz Oʻzbekiston Qamchiq dovoni orqali avtomobil tuneli qurilishi loyihasini ishlab chiqmoqda. Ayni damda mutaxassislar loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqarmoqda. “Qamchiq-2” loyihasi mustaqillik yillari amalga oshirilgan eng yirik loyihalardan biriga aylanishi mumkin.

Yangi loyihada, bugungi kunda ishlab turgan tunnel ostidan yana bir tunnel qurish nazarda tutilgan.  Bunday qurilish yangi tunnelni yanada xavfsizroq qilish va eskisidan zahira tunneli sifatida foydalanish imkonini beradi. Dastlabki hisob kitoblarga koʻra, loyihaning umumiy qiymati 175 million dollarni tashkil qiladi.

Podrobno.uz xabari asosida.

 

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)

Asosiy mavzular