21:36 26 Iyul 2017
Efir
AQSH dollari

Oʻzbekiston "qora bozor"larida dollar narxi rekord natijani koʻrsatmoqda

© Sputnik/ Vladimir Sergeyev
Iqtisod
Havola olish
221214

Ayni kunda respublikadagi dollar oldi-sotdisi bilan noqonuniy shugʻullanuvchi yirik tochkalarda bir dollar uchun 8 ming yoxud 8100 soʻmdan berilmoqda

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Oʻtgan dam olish kunlari Oʻzbekiston "qora bozor"larida dollar navbatdagi shov-shuvli sakrashni amalga oshirdi. Bir AQSH dollari 8 ming soʻmdan ziyodga baholandi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Ayni kunda respublikadagi dollar oldi-sotdisi bilan noqonuniy  shugʻullanuvchi yirik tochkalar bir AQSH dollarini 8 ming yoxud 8100 soʻmdan sotib olishmoqda. Dollar sotib olishni xohlovchilar esa bu narx ustiga yana 50 soʻm qoʻshib berishlari kerak boʻladi.

"Valyutchiklar"ning soʻzlariga koʻra, dollarning bu koʻrsatkichga yetganiga ancha vaqt boʻlgan va bu joriy yil boshidan buyon eng yuqori koʻrsatkichni tashkil qilmoqda.

"Dollarning bunday sakrashni amalga oshirishi turli omillarga bogʻliq. Avvalombor, dollarga boʻlgan talab aholining oʻzi tufayli kuchaymoqda. Ular valyutani ikki sabab tufayli xarid qilyaptilar:

yaʼni, oldinda taʼtillar mavsumi boʻlgani uchun koʻpchilik bunga hozirdan tayyorgarlik koʻrib, dunyodagi eng keng tarqalgan valyuta — dollarni "qora bozor"dan borib xarid qilmoqda. Chunki valyutani banklardan olishning iloji yoʻq", — deb qayd etdi valyutafurushlardan biri.

Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, aholi soʻm oʻz qiymatini kelajakda yanada yoʻqotishidan xavfsiragani uchun ham koʻproq dollar xarid qiladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular