15:36 25 Iyun 2017
Efir
Toshkentdagi Shimoliy vokzal hududida olib borilayotgan qurilish ishlari

Toshkentda Shimoliy vokzal oldidagi yoʻl oʻtkazgichni qayta tiklash ishlari boshlandi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
36030

Toshkentning Shimoliy vokzal hududida Kichik halqa yoʻli orqali oʻtuvchi avtomobil yoʻl oʻtkazgichining demontaj qilingan qismini tiklash ishlari boshlab yuborildi. Yangi koʻprik oʻtkazgich yoʻlini eng zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilishi kutilmoqda. U yoʻl harakat xavfsizligini taʼminlash va turar joy massivi aholisi uchun keng qulayliklar yaratadi

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Toshkent shahar hokimiyati Shimoliy vokzali oldidagi koʻprik oʻtkazgich yoʻli qurilishi loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishlar boshlab yuborildi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar bermoqda.

Yangi koʻprik oʻtkazgich yoʻlini eng zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilishi kutilmoqda. Yangi koʻprik yoʻl harakat xavfsizligini taʼminlash va turar joy massivi aholisi uchun keng qulayliklar yaratadi.

Ushbu yoʻl Kichik halqa yoʻlining muhim boʻgʻini hisoblandi. Toshkent shahrining markazi bilan shaharning sharqiy tomonida joylashgan tumanlar va Toshkent viloyati tumanlari bilan bogʻlaydi. Lekin 2008 yilda ushbu koʻprik yoʻli demontaj qilinadi va koʻprik qisman buziladi. Buning oqibatida transport vositalarining qatnovi shahar markaziga harakatlanish oʻrniga, tirband boʻlgan aylanma yoʻllarga yoʻnaltirilgan edi.

Natijada Shimoliy vokzal atrofidagi yoʻllarda transport qatnovini tigʻizlashtirib qoʻyar edi. Vaziyat shu darajada jiddiylashdiki, mazkur muammo hal qilinishi uchun shahar aholisi tomonidan prezident xalq qabulxonalariga murojaat qilishadi. Eng qizigʻi, avvalgi koʻprikni demontaj qilingan qismida turar joy massivi barpo etiladi. Endi bu massivni boshqa yerda koʻchirib boʻlmaydi.

Ushbu masalani hal qilish uchun davlat rahbari tomonidan har tomonlama zamonaviy va qulay boʻlgan koʻprik yoʻlini qurish haqida topshiriq berildi. Bu transport vositalarni harakatlanishi uchun qulaylar yaratadi va ikkinchi tomondan – qurilgan turar joy massivida istiqomat qiluvchilarni bezovta qilmaydi.

Ushbu qurilish loyihasiga koʻra, koʻprikning eni 30, uzunligi 346 metr boʻlgan qismi rekonstruktsiya qilinadi. Eni 22, uzunligi 281 metr boʻlgan qismi yangidan quriladi. Shunda koʻprik yoʻli turar joy massivini aylanib oʻtadi.

Shu bilan birga yoʻl chetida maxsus piyodalar yoʻlaklari quriladi. Bu haydovchi va yoʻlovchilarga qulaylik yaratish barobarida harakat xavfsizligini taʼminlash darajasini ham oshiradi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular