Qozog‘iston tadbirkorlari bilan 18 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

© Xokimiyat Tashkentskoy oblastiPervaya vistavka tovaroproizvoditeley goroda Tashkenta proshla na minuvshey nedele v kazaxstanskom Shimkente
Pervaya vistavka tovaroproizvoditeley goroda Tashkenta proshla na minuvshey nedele v kazaxstanskom Shimkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 12-13 may kunlari Qozog‘iston Respublikasi Janubiy-Qozog‘iston viloyati Chimkent shahrida Toshkent shahri sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar birinchi ko‘rgazmasi o‘tkazildi

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Toshkent shahrining 150 ta sanoat korxonalari o‘zlari ishlab chiqargan 1000 dan ortiq turdagi mahsulotlar bilan ko‘rgazmada ishtirok etishdi, deb xabar qildi "Podrobno" nashri.

Vid na jeleznuyu dorogu - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston O‘zbekistonga 1 mln tonna neft yetkazib berishga tayyor
Ko‘rgazmada Toshkent shahrining sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar: elektrotexnika, metallurgiya, kimyo, yengil sanoat, oziq-ovqat mahsulotlari, mebel va qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda xalq iste’mol mahsulotlari namoyish etildi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarining ko‘rgazmasi katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi. Jumladan, Toshkent shahri korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga katta qiziqish bildirilgan holda 18 mln dollardan ortiq eksport shartnomalari va kelishuvlari imzolandi.

Ko‘rgazmada 5000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Jumladan, Janubiy-Qozog‘iston viloyatining 9 ta (Qoratau, Abay, Al-Forobiy, Yenbekshi, Tolebi, Sayram, Turkiston, Ordabasi, Otirar) tumanidan 3500 nafardan ortiq tadbirkorlar hamda Chimkent shahridagi korxonalardan 1500 dan ortiq ishtirokchilar va viloyatdagi 100 ga yaqin qurilish korxonalari rahbarlari tashrif buyurishdi.

© Xokimiyat Tashkentskoy oblastiToshkent ishlab chiqaruvchilari Chimkentdagi ko‘rgazmada ishtirok etdi
Pervaya vistavka tovaroproizvoditeley goroda Tashkenta proshla na minuvshey nedele v kazaxstanskom Shimkente  - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent ishlab chiqaruvchilari Chimkentdagi ko‘rgazmada ishtirok etdi
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0