05:20 25 Noyabr 2017
Efir
Vыstavka Citroen Creative Tour v Moskve

Jizzaxda Pejo va Sitroyen avtomobillari ishlab chiqariladi

© Sputnik/ Laura Korobkova
Iqtisod
Havola olish
280582

Yangi «Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive» qoʻshma korxonasi Toshkendan 200 km uzoqlikdagi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida, hududda quriladi. U yerda 2019 yildan boshlab har yili ichki va tashqi bozor uchun 16 000 ta yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi korxona quriladi.

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. "Oʻzavtosanoat" AK va  Frantsiyaning "Pejo Sitroyen" guruhi orasida Oʻzbekistonda yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqaruvchi korxona barpo etish boʻyicha shartnoma imzolandi, deb xabar qilmoqda kompaniya  matbuot xizmati.

Yangi «Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive» qoʻshma korxonasi Toshkendan 200 km uzoqlikdagi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida, hududda quriladi. U yerda 2019 yildan boshlab har yili 16 000 ta yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi korxona quriladi.

“Yegil tijorat avtomobillari segmenti Oʻzbekistonda oʻzlashtirilmagan yagona transport vositasining turi edi. Ushbu loyihaning tadbiq etilishi mahalliy avtomobil sanoati rivojida yana bir dadil qadam boʻladi. Aholi bandligini taʼminlashga hizmat qiluvchi yangi qoʻshma korxona Oʻzbekiston sanoatining yanada rivojlanishiga oʻz xissasini qoʻshadi”, — dedi “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisining oʻrinbosari Rustam Yusupov.

Zavod “Peugeot” va “Citroyon” brendlari ostida yoʻlovchi va yuk tashishga moʻljallangan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. Ustav kapitali 30 mln. yevroga teng qoʻshma korxona har ikki tomonning teng ulushi asosida faoliyat yuritadi. Loyiha boʻyicha umumiy investitsiya qariyib 130 mln. yevroga teng.

“Pejo Sitroyen” Gruppasi yangi texnologiyalar, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini joriy qilishda va mutaxassislar malakasini oshirishda koʻmak koʻrsatadi. Zavod ishlab chiqarishni boshqarish, mahsulot sifati,  yetkazib berish va savdo masalalarida “Pejo Sitroyen”ning zamonaviy tizimi boʻyicha ish olib boradi. Shu bilan birga, avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni jalb qilish yoʻli bilan birinchi yilning oʻzidayoq yangi qoʻshma korxonada 50% mahalliy mahsulotlardan foydalanish  koʻzda tutilgan.

“Ushbu loyiha bizning 5 yillikka moʻljallangan taraqqiyot Dasturimizga toʻla mos keladi va bu “Pejo Sitroyen” Gruppasi uchun yengil tijorat avtomobillarining savdosini rivojlantirish va hududiy kengayish uchun yana bir katta imkoniyatdir. Biz qoʻshma korxona tashkil etilishida asosiy faktor boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsan qoʻllab-quvvatlashlarini hamda oʻzbek hamkorlarimiz bilan konstruktiv muloqotni juda yuqori baholaymiz”- deya eʼtirof etdi “Pejo Sitroyen” Gruppasining Vitse-prezidenti Kristof Berjeran.

Bugungi kunda “Oʻzavtosanoat” AK tarkibida 30 ga yaqin yirik zavodlar va 160 dan ortiq oʻrta va kichik korxonalar aynan mahalliylashtirish dasturi asosida ish olib boradi. Qurilishi rejalashtirilayotgan qoʻshma korxonada yiliga 16 000ta avtomobil ishlab chiqariladi. Ularni yurtimizda, shuningdek, uzoq va yaqin xorij davlatlaridagi eksport bozorlarida sotish rejalashtirilmoqda. 32 millionlik aholi soniga ega Oʻzbekistonda sanoatni va avtomobil bozorini rivojlantirish uchun yetarlicha salohiyat va imkoniyat bor.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular