17:14 21 Sentyabr 2017
Efir
Poyezd

Xitoy Afgʻoniston va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida temir yoʻl barpo etadi

© Sputnik/ Anna Stolyarova
Iqtisod
Havola olish
39210

Mazkur qurilishi loyihasi "Bir kamar, bir yoʻl" strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda. Xitoy iqtisodiyoti uchun ushbu loyihani amalga oshirish juda muhim", - deb taʼkidladi Afgʻonistondagi Xitoy elchisi Yao Tszin

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Xitoy Afgʻoniston, Eron va Markaziy Osiyo davlatlari boʻylab yangi temir yoʻlini barpo etishni rejalashtirgan, deb xabar qildi Ariananews telekanali.

"Mazkur qurilishi loyihasi "Bir kamar, bir yoʻl" strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda. Xitoy iqtisodiyoti uchun ushbu loyihani amalga oshirish juda muhim", — deb taʼkidladi Xitoyning Afgʻonistondagi elchisi Yao Tszin.

"Toʻliq muvaffaqiyatga erishish uchun Afgʻonistonni ushbu dasturga kiritishimiz zarur boʻladi. Afgʻoniston Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo davlatlarini bogʻlovchi muhim boʻgʻin hisoblanadi", — deb qoʻshimcha qilgan elchi.

Oʻz navbatida, Afgʻoniston jamoat ishlari vazirligi matbuot kotibi Mehdi Ruhoniy Afgʻoniston uchun ushbu mintaqaviy loyihada ishtirok etish juda muhimligini taʼkidlagan. Unga koʻra, tovarlarni tranzit qilishda Afgʻonistonning roli juda katta oʻrin egallashi mumkin.

Afgʻoniston savdo-sanoat palatasi ham ushbu yangi temir yoʻlning qurilishi Afgʻoniston iqtisodiyoti rivoji uchun juda foydaliligini taʼkidlagan.

Asosiy mavzular