Toshkentda "Kadisheva" bozorini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi

© Sputnik Toshkentda "Kadisheva" bozorining rekonstruksiya ishlari boshlandi
Toshkentda Kadisheva bozorining rekonstruksiya ishlari boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda eng mashhur bozorlardan biri bo‘lgan - "Kadisheva" bozorini qisman rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. Binoning dehqon bozori qismi to‘liq qayta ta’mirlanib, zamonaviy avtoturargoh qurilishi va bozor oldidagi yo‘llar kengaytirilishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Toshkent shahrida eng yirik bozorlardan biri bo‘lgan "Kadisheva" bozorida rekonstruksiya ishlari boshlandi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Buxorodagi Dilkusho dehqon bozori - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro hokimligi "Ozodlik"ning "Dilkusho" bozori haqida tarqatgan xabariga raddiya berdi
Xabarga ko‘ra, qurilish loyihasining birinchi bosqichida bozor markaziy qismida joylashgan eski ikki qavatli savdo binosi qayta ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Uzoq vaqt mobaynida dehqon bozorida xavfsizlik choralari, xususan, bino va inshootlarda yong‘in xavfsizligi talablari, sanitariya qoidalari va normalari, gigiyena talablari to‘liq inobatga olinmagan edi. Binoning faqat birinchi qavati qisman ishlagan edi.

Hozirgi kunda bino tashqi fasad qismi bo‘laklarga ajratildi. Inshoot karkasida zamonaviy gipermarket qurish rejalashtirilmoqda. Loyiha haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

© SputnikV Tashkente nachalas rekonstruksiya bazara "Kadisheva"
V Tashkente nachalas rekonstruksiya bazara Kadisheva  - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente nachalas rekonstruksiya bazara "Kadisheva"

Bir oz avval tuman hokimiyati bozorni, ayniqsa dehqon bozorini butunlay qayta qurishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ma’lumot bergan edi. Bundan tashqari zamonaviy avtoturargoh joylari va bozor oldidan o‘tadigan yo‘llar kengaytirilishi qo‘shimcha qilingandi.

© SputnikV Tashkente nachalas rekonstruksiya bazara "Kadisheva"
V Tashkente nachalas rekonstruksiya bazara Kadisheva  - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente nachalas rekonstruksiya bazara "Kadisheva"

Bir necha yil avval ushbu bozorda ta’mirlash ishlari olib borilgan edi. Ammo amalga oshirilgan ishlar natijasida bozorda shart-sharoitlar yaxshilanmadi.

© SputnikV Tashkente nachalas rekonstruksiya bazara "Kadisheva"
V Tashkente nachalas rekonstruksiya bazara Kadisheva  - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente nachalas rekonstruksiya bazara "Kadisheva"

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti tomonidan O‘zbekistonda giper va supermarketlarni qurilishi bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan edi. Xususan, 2019-yil yakuniga qadar dehqon bozorlari hududida zamonaviy savdoning barcha talablariga javob beradigan 3 qavatli gipermarketlar (9), 2 qavatli supermarketlar (28), 1 qavatli supermarketlar (126) va minimarketlar (79), shuningdek, ularga tutash hududlarda avtomobillarga mo‘ljallangan avtoturargohlar barpo etish rejalashtirilgan. Savdo majmualari avtomashinalar to‘xtash joylari bilan ta’minlanadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0