21:36 26 Iyul 2017
Efir
Razliv medi

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 31 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi

© Sputnik/ Viktor Axlomov
Iqtisod
Havola olish
289 0 0

Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahondagi oltin va uran ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar oʻnligiga kiradi

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2026-yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinati rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi.

Unga muvofiq, 2026 yilgacha 3 milliard 63 million dollarlik 27 loyiha amalga oshiriladi, deb xabar qiladi "Jahon" AA.

Natijada kombinatda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 30 foizga ortib, 31 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi.

Bugungi kunda Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahondagi oltin va uran ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar oʻnligiga kiradi. Hozirda kombinatda 60 mingga yaqin kishi mehnat qilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular