"O‘zbekneftegaz" kelgusi 4-yil ichida 30 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshiradi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishGazoviy promisel "Xauzak"
Gazoviy promisel Xauzak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekneftegaz" ishlab chiqarish quvvatini oshirish dasturiga 78 ta modernizatsiya loyihalari kiritilgan bo‘lib, ular asosida 15 turdagi yangi mahsulotlar (plastik, kauchuk) ishlab chiqarish rejalashtirilgan

TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekistonda 2021-yilga qadar neft-gaz tarmog‘ida 30,4 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan, deb ma’lum qilindi "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi tomonidan.

"2016-2020 yillarda uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha umumiy qiymati 30,4 milliard dollarlik dastur amalga oshirilmoqda", — deb xabar qilinadi Toshkentda ochilgan Global Oil&Gas Uzbekistan-2017 xalqaro ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan xolding xabarnomasida.

Nefteperabativayushiy zavod - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda neftni qayta ishlash majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan ushbu dastur o‘z ichiga nef-tgaz tarmog‘ini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan takomillashtirishga qaratilgan 78ta loyihani o‘z ichiga oladi.

Surxondaryo viloyatida gaz qonlarini razvedka qilish va ularni qazib chiqarish bo‘yicha "O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligi" gazni qayta ishlash majmuasini barpo etish, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi qoshida sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish, Qashqadaryo viloyatida olefin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, Jizzax viloyatida neftni qayta ishlash bo‘yicha yangi zavodni ishga tushirish kabi loyihalar bu boradagi yirik loyihalar qatoriga kiradi.

"Ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida 15 turdagi yangi mahsulot (polivinilxlorid, ABS-plastik, sintetik kauchuk, aromatik uglevodorodlar, superabsorbent) ishlab chiqish rejalashtirilgan", — deb xabar bermoqda RIA Novosti "O‘zbekneftegaz" ma’lumotiga asosan.

"O‘zbekneftegaz" MXK ma’lumotiga ko‘ra, 1991-2016 yillar davomida neft-gaz tarmog‘iga 30,7 mlrd dollarlik investitsiya kiritilgan bo‘lib, xususan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar 17 mlrd dollardan ortiqni tashkil qiladi. "O‘zbekneftegaz" MXKda mavjud quvvatlar yiliga qariyb 70 mlrd kub metr tabiiy gaz va 8 mln tonna suyuq uglevodorodlarni qazib chiqarishga imkon beradi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0