06:01 28 May 2017
Efir
Gazprom

Oʻzbekiston "Gazprom"ga geologik qidiruv boʻyicha 5ta loyiha taklif qildi

© REUTERS/ MAXIM ZMEYEV
Iqtisod
Havola olish
28610

"Gazprom" bilan 2018 yildan boshlab 4 mlrd kub metr tabiiy gaz xarid qilish boʻyicha 5 yillik shartnoma imzolandi

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. "Gazprom" va "Oʻzbekneftegaz" oʻrtasida 5 ta yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan, deb maʼlum qildi "Oʻzbekneftegaz" Milliy xolding kompaniyasi xodimi.

Qayd etilishicha, "Gazprom" kompaniyasiga Oʻzbekiston hududidagi 5 ta investitsion bloklarni oʻrganish taklifi kiritilgan. Bu "Oʻzbekneftegaz" bilan hamkorlikda geologik qidiruv oʻtkazish boʻyicha kelishuv doirasida amalga oshiriladi", — deb taʼkidlagan suhbatdosh Toshkentda ochilgan Global Oil&Gas Uzbekistan-2017 xalqaro koʻrgazmasi davomida.

Suhbatdosh fikriga koʻra, dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra joriy yilning ikkinchi yarmida tomonlar hamkorlikda geologik-qidiruv ishlarini oʻtkazish dasturini tayyorlashga kirishadilar.

2017 yil aprel oyi boshida "Gazprom" va "Oʻzbekneftegaz" oʻrtasida injiniring-innovatsiya ishlarini tashkil etish va hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish boʻyicha bitim imzolangan. Bundan tashqari, 2018 yildan boshlab 4 mlrd kub metr tabiiy gaz xarid qilish boʻyicha "Gazprom" bilan 5 yillik shartnoma imzolangan.

2002 yilda "Oʻzbekneftegaz" Milliy xolding kompaniyasi bilan "Gazprom" OAJ oʻrtasida strategik hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolangan.

2004 yildan boshlab "Gazprom" mahsulot taqsimotiga oid bitimga asosan Shaxpaxta blokida gaz qazib chiqarishni qaytadan boshlashda ishtirok etmoqda.

2006 yilda Ustyurt mintaqasining investitsiya bloklari yer osti boyliklarini geologik oʻrganishning asosiy printsiplari toʻgʻrisida bitim imzolangan. Ushbu loyiha operatori deb Gazprom International belgilangan. Ushbu geologiya-qidiruv ishlarini bosqichma-bosqich olib borish uchun "Gazprom" kompaniyasi 2006-2013 yillar davomida qariyb 383,3 mln dollardan ortiq mablagʻ sarflangan.

2009 yilda Shaxpaxta investitsion blokida gaz kondensatini oʻzlashtirish boʻyicha Jel koni ochilgan edi. Hozirgi kunda "Gazprom" korxonasi tomonidan mahsulot taqsimotiga oid yangi bitim tayyorlash boʻyicha ish olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular