17:15 21 Sentyabr 2017
Efir
Oʻzbekiston Havo yoʻllari aviakompaniyasi samolyoti

Toshkent-Samarqand yoʻnalishida aviachiptalar narxi keskin arzonlashdi

© Flickr / Anna Zvereva
Iqtisod
Havola olish
100301

Joriy yilning 22 may kunidan boshlab ushbu yoʻnalishda bir tomonga aviachipta narxi, yigʻimlarni inobatga olgan holda - 17 yevroni tashkil qiladi

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Samarqand yoʻnalishi boʻyicha reklama tarifining narxi arzonlashganligini eʼlon qildi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 22 may kunidan boshlab ushbu yoʻnalishda bir tomonga aviachipta narxi, yigʻimlarni inobatga olgan holda — 17 EUR ni tashkil etadi.

Oʻzbekiston rezidentlari tomonidan toʻlovlarni Oʻzbekiston Markaziy banki kursi hisobida milliy valyutada amalga oshirish mumkin.

Mazkur tarif boʻyicha joylar soni cheklangan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular