15:32 25 Iyun 2017
Efir
Uzbekskiye avialinii prinyali v ekspluatatsiyu yeщe odin samolet Boeing 787-8 Dreamliner

"Orzu layneri" Nyu-Yorkka birinchi parvozini muvaffaqiyatli bajardi

Stringer Sputnik
Iqtisod
Havola olish
31110

Joriy yil 18 may kuni "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy avikompaniyasi Boeing 787 Dreamlinerda Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yoʻnalishida birinchi parvozini amalga oshirdi

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 04-40da Toshkent xalqaro aeroportidan havoga koʻtarilib, belgilangan manzillarga muvaffaqiyatli qoʻndi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Samolyotda 238 nafar yoʻlovchilar boʻlib, ulardan 59 nafari Rigaga hamda 179 nafari Nyu-Yorkka parvoz qildi.

Yoʻlovchilar yangi Boeing-787 Dreamlinerda mavjud boʻlgan barcha qulaylik va xizmat koʻrsatishni yuqori baholashdi.

Eslatib oʻtamiz, milliy aviakompaniya Boeing 787 Dreamliner samolyotidan 2016 yil sentyabr oyidan boshlab tijoriy foydalanishni boshladi.

Bugungi kunda "Orzu layneri"lari Dubay, Istanbul, Tel-Aviv, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlariga parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular