O‘zbekistonda avtomobillar sinovdan o‘tkaziladigan korxona paydo bo‘ladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishAvtomobilni sinovdan o‘tkazish poligoni
Avtomobilni sinovdan o‘tkazish poligoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zavtosanoat Pskent avtomobil poligoni negizida avtomobillar uchun mintaqaviy sinov bazasini tashkil etishni rejalashtirmoqda

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston muxbirining so‘zlariga ko‘ra, bu yerda avtomobillar sertifikatlashtiriladi, shuningdek yo‘l-poligon, iqlim, stend va boshqa laboratoriya sinovlaridan o‘tkaziladi. Yangi zamonaviy korxona sport tadbirlarini o‘tkazishga ham ixtisoslashtirilgan bo‘ladi.

Avtoprom - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev o‘zbek avtosanoatini isloh qilishni boshladi

Ushbu loyiha samarali amalga oshirilishi uchun Shavkat Mirziyoyev kompaniyaga qator imtiyozlar va afzalliklarni taqdim etdi. Misol uchun, 2020-yil 1-yanvarga qadar yangi tashkil etilayotgan avtomobillarni sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan korxona yer solig‘i, yuridik shaxslarga solinadigan mulk hamda daromad soliqlaridan to‘liq ozod etiladi.

Shuningdek, loyiha doirasida, kompaniya qurilish materiallarini, asbob-uskunalarni va avtomobilga kerakli ehtiyot qismlarni, butlovchi buyumlarni, texnologik hujjatlarni, hamda respublikada ishlab chiqarilmaydigan instrument va xom-ashyoni O‘zbekistonga bojxona yig‘imlarini to‘lamasdan olib kirish imkoniga ega bo‘ladi.

Qayd etish joizki, zamonaviy ovalga hamda avtomobilning eng katta tezligini "siqib olish" qobiliyatiga egaligi uchun Pskent avtomobil poligonini professionallar ko‘pincha Italiyaning Monsa shahri yaqinida joylashgan dunyodagi eng mashhur poyga trassasiga qiyoslashadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0