20:08 23 Noyabr 2017
Efir
Ofis kompanii Lukoyl v Tashkente

"Lukoyl" butun Oʻzbekiston boʻylab yonilgʻi quyish shoxobchalari quradi

© Facebook
Iqtisod
Havola olish
563 0 0

Yuqori sifatli 92 va 95 markadagi benzin va ekodizel "Lukoyl" zavodlaridan keltiriladi

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi istiqbolda butun Oʻzbekiston boʻyicha avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini quradi. Bu haqda "Oʻzbekneftegaz" MXK boshqaruvi raisi Alisher Sultonov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda nuz.uz.

"Oʻzbekneftegaz" rahbarining aytishicha, birinchi bosqichda Toshkent halqa yoʻli boʻylab AYOQShlar tarmogʻi barpo etiladi. Kelgusida esa "Lukoyl" butun respublika hududini qamrab olishni rejalashtirmoqda.

"Toshkentda "Lukoyl"ning birinchi yonilgʻi quyish shoxobchasi qurildi. Lekin hammasi oddiygina emas. Shoxobchaning oʻzi juda tez qurildi, lekin "Lukoyl" oʻz tashkiliy jarayonlariga ega yirik xalqaro kompaniya. Hozirda kompaniyaning oʻzida ichki masalalar hal qilinmoqda. Ular hal boʻlishi bilanoq Toshkentda "Lukoyl"ning birinchi shoxobchasi ishga tushadi", — dedi "Oʻzbekneftegaz" MXK rahbari.

Alisher Sultonovning bildirishicha, yuqori sifatli 92 va 95 markadagi benzin va ekodizel "Lukoyl" zavodlaridan keltiriladi. Ularning narxi mahalliy neft mahsulotlarinikiga nisbatan ancha yuqori boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, "Lukoyl"ning Toshkentdagi birinchi yonilgʻi quyish shoxobchasi 2017 yil yanvarida qurilgan.

Asosiy mavzular