13:43 28 Iyun 2017
Efir
Uchastok magistralnogo gazoprovoda

Oʻzbekistonda tabiiy gaz tanqisligi muammosi bartaraf etiladi

© Sputnik/ Grigoriy Sыsoyev
Iqtisod
Havola olish
163171

Oʻzbekistonda aholini gaz tanqisligi muammosini hal qilish uchun bir necha baravarga yer osti gaz zahiralarini kengaytirish hisobiga hal etish koʻzda tutilgan

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda aholini gaz tanqisligi muammosini hal qilish uchun bir necha baravarga yer osti gaz omborlarini kengaytirish hisobiga hal etish rejalashtirilgan. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.

"Oʻzbekneftegaz" MXK vakilining soʻzlariga koʻra, bu chora-tadbirlar kuz-qish mavsumida gaz taʼminoti uzilishlarsiz ishlashini taʼminlash va aholini tabiiy gaz bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekistonda "Gazli" gaz yer osti gaz saqlash ombori eng katta hisoblanadi, bugungi kunda ushbu gaz ombori 3 mlrd kub metr tashkil qiladi. "Oʻzbekneftegaz" kompaniyasi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda uning sigʻimini 10 mlrd kub metrga yetkazmoqchi. Shu bilan birga, Fargʻona viloyati Xoʻjaobod yer osti gaz saqlash omborini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Hozirgi kunda respublika aholini, ayniqsa viloyat va tuman aholisini gaz bilan taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ochiq maʼlumotlarga koʻra, 2017 yil fevral oyida 68,6 km gaz quvurlar kapital taʼmirlandi hamda 171,9 km gaz tarmoqlari rekonstruktsiya qilindi.
Shuningdek, 7,2 ming km gaz quvurlarda zichlikni aniqlash boʻyicha maxsus tekshiruv oʻtkazildi. 5,6 ming km yer osti gaz quvurlari tekshirib chiqildi. 70,5 ming gaz tarqatish punktlarda taftishlar oʻtkazildi.

Xolding kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, mustaqillik yillarda mamlakatda tabiiy gaz taʼminot tizimi 2 baravar oshirildi. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda koʻplab viloyatlarda aholiga gaz taʼminotida uzilishilar muammosi mavjud.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular