Mirziyoyev Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tubdan o‘zgartiruvchi farmon imzoladi

© Sputnik/Viktor TolochkoPismenniy nabor glavi gosudarstva
Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Savdo-sanoat palatasining eng muhim ustuvor vazifalari: tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashishdir

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. 2017 yil 19-iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Savdo-sanoat palatasi faoliyati tubdan takomillashtirish to‘g‘risida farmon imzoladi, bu haqda Sputnik muxbiri prezident rasmiy veb-saytiga tayangan holda xabar bermoqda. 

Tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida burokratik to‘siqlarni bartaraf etish, investitsiya muhiti va ishbilarmonlik holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirish bo‘yicha muayan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezident tomonidan tadbirkorlik faoliyati rivojlantirish va biznesning qonuniy manfaatlari muhofaza qilish, shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyati tubdan takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Farmonga asosan Savdo-sanoat palatasining eng muhim vazifalari: tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, tadbirkorlik subyektlarini o‘qitish va kadrlar tayyorlash, tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarni jalb qilish singari vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash to‘g‘risidagi xulosani berish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi. Ya’ni, tadbirkorlik sohasidagi barcha loyihalar majburiy ravishda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilishi zarur.

Foydalanuvchi - Sputnik O‘zbekiston
Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlar uchun yangi interaktiv xizmat joriy etdi

Bundan tashqari, nazorat organlari tomonidan rejalashtirilgan tekshiruvlar haqida avvaldan Savdo-sanoat palatasiga xabar berilishi, shuningdek, davlat organlari, jumladan, nazorat va huquqni muhofaza qilish organlari huzurida tashkil etiladigan jamoat maslahat kengashlari tarkibiga Savdo-sanoat palatasi vakillarining kiritilishi tartibi joriy etilmoqda.

Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari hamkorlikda xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va xodimlarining hisobotlarini tinglash nazarda tutilgan. 

Shu bilan birga, xorijiy investorlar, chet ellik hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlarda milliy kompaniyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofaza qilishini ta’minlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi tarkibida Halqaro arbitraj sudini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.

Telegram messenger - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Telegram kanaliga ega bo‘ldi

Qabul qilingan chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofazasi kafolatlari kuchayishini ta’minlash, biznesni tashkil etish va yuritishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish, sifatli davlat xizmatlarini taqdim etish, shuningdek, biznes-muhitni takomillashtirish masalalari bo‘yicha tadbirkorlar bilan axborot almashinuvining samarali usulini joriy etish imkonini beradi va O‘zbekistonda xususiy mulk va tadbirkorlikning yanada rivojlanishi, chet el investitsiyalarining keng jalb qilinishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga chiqishiga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Savdo-sanoat palatasi maqomi, faoliyat yo‘nalishi va ko‘lami, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha tadbirkorlik subyektlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0