MDH Iqtisodiy kengashida O‘zbekiston uchun qanday dolzarb masalalar muhokama qilinadi?

© Ispolkom SNGZasedanie ekonomicheskogo soveta Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv
Zasedanie ekonomicheskogo soveta Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning katta istiqbolli rejalari aynan MDH mamlakatlari bilan amalga oshiriladi. Chunki, hozirgi kunda MDH mamlakatlari o‘rtasida yirik normativ-huquqiy hujjatlar bazasi shakllangan

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov boshchiligidagi delegatsiya 23-iyun kuni Moskvada o‘tkaziladigan 74- MDH Iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Ispolnitelniy sekretar SNG Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston
MDH davlat rahbarlarining navbatdagi kengashi Sochida bo‘lib o‘tadi

Oliy majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, ushbu tashrifga izoh berar ekan, quyidagilarni ma’lum qildi:

"Yaqinlashib kelayotgan MDH Iqtisodiy kengashi yig‘ilishi O‘zbekiston uchun juda muhimdir. Chunki O‘zbekistonning yirik istiqbolli rejalari aynan MDH mamlakatlari bilan amalga oshirishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda MDH mamlakatlari o‘rtasida normativ-huquqiy hujjatlar bazasi shakllangan. Oxirgi vaqtda Hamdo‘stlik mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘ylaymanki, iqtisodiy kengash yig‘ilishida savdo-iqtisodiy va investitsion yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish borasida juda muhim qadam qo‘yiladi".

Eslatib o‘tamiz, MDH Iqtisodiy kengash kun tartibiga hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida iqtisodiy sohada hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator muhim masalalar kiritilgan.

Jumladan, yig‘ilish ishtirokchilari MDH davlatlar o‘rtasida tog‘ metallurgiya tarmog‘ida bitimni ijro etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi, Kosmik kenglikni tadqiq etish va undan foydalanish bo‘yicha qo‘shma faoliyat to‘g‘risida Konvensiyasi, Veterinariya sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimning yangi tahrirdagi loyihasi hamda 2020-yilga qadar yo‘lovchilar va yuklarni avtomobilda xalqaro tashish, Mintaqaviy va chegara hududlarda hamkorlik qilish bo‘yicha Konvensiyalarning ijrosi to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qiladilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0