Uzcard plastik kartalariga MasterCard orqali pul o‘tkazish mumkin bo‘ladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishBankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard
Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatning barcha viloyatlaridagi savdo-xizmat ko‘rsatish korxonalarida MasterCard kartalaridan foydalanish uchun terminallarga dasturiy ta’minot o‘rnatish ishlarini olib bormoqda

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Uzcard tizimida MasterCard kartasi orqali pul o‘tkazish jarayoni sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Plastikovie karti Uzcard - Sputnik O‘zbekiston
Uzcard overdraft xizmati joriy qilmoqchi

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi MasterCard xalqaro to‘lov tizimi va O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda MasterCard xalqaro to‘lov kartalari xizmatidan foydalanish bo‘yicha loyihani ishga tushirdi.

Ayni vaqtda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatning barcha viloyatlaridagi savdo-xizmat ko‘rsatish korxonalarida MasterCard kartalaridan foydalanish uchun terminallarga dasturiy ta’minot o‘rnatish ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki yaqindagina Uzcard mijozlari uchun QIWI pul o‘tkazish tizimidan foydalanish imkoniyatini beruvchi xizmatni yo‘lga qo‘yganini e’lon qilgandi. Mazkur xizmat asosan Rossiya hududida mehnat qiluvchi va daromadlarini o‘z yurtiga jo‘natuvchi O‘zbekiston fuqarolariga mo‘ljallangan. QIWI tizimiga bog‘langanidan so‘ng onlayn-kartaga AQSh dollarida pul mablag‘larini jo‘natish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0