21:30 26 Iyul 2017
Efir
Vыstavka Smotrite, eto — NANO!

Chirchiqda quyosh batareyalari ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda

© Sputnik/ Mixail Fomichev
Iqtisod
Havola olish
36410

Oʻzbekiston va Germaniya hamkorligida qurilayotgan yangi korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 60-70 MVt boʻlib, keyinchalik 2 yoki undan koʻp marotabaga oshirilishi mumkin.

TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Chirchiqda fotoelektrik modullar, yaʼni quyosh batareyalari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona ishga tushirilmoqda, deb xabar qildi UT.uz nashri.

"Chirchiqtransformatorzavodi" AJ negizida yaratilayotgan yangi korxonaning quvvati nafaqat Oʻzbekiston ehtiyojini qoplashga, balkim MDH mamlakatlariga eksport qilish imkonini ham yaratadi. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan panellar ayni damda chet eldan olib kelinayotgan batareyalarga nisbatan 30%ga arzon boʻladi. Yangi korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 60-70 MVt boʻlib, keyinchalik 2 yokin undan koʻp marotabaga oshirilishi mumkin.

Yangi korxona Germaniyaning  SCHMID kompaniyasi bilan birgalikda qurilmoqda. SCHMID Group 1864 yilda yaratilgan boʻlib, bugungi kunda Yevropaning yetakchi elektron va innovatsion kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Quyosh energetikasi sohasida kompaniya 50 yillik tajribaga ega.

Chirchiqda qurilayotgan yangi korxona eng zamonaviy texnologiyalar asosida hamda Yevropaning TeamTechnik, Burkle va Robust kabi yetakchi mashinasozlik korxonalarining uskunalari bilan jihozlangan boʻladi.

Bu yerda ishlab chiqariladigan fotoelektrik modullarning foydali ish koefitsenti 18% va undan baland boʻladi. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan panellar 25 yil xizmat qilishga moʻljallangan boʻladi.

Shuningdek, kelajakda ishlab chiqarishni mahallyilashtirish darajasi bugungi 30%dan 80%ga yetkiziladi. Xususan, texnik kremniydan fotoelementlar uchun kerak boʻladigan kremniyga aylantiradigan tsex qurilishi rejalashtirilgan.

Ayni damda eng zamonaviy ishlab chiqarish standartlariga javob beradigan ishlab tsexi binosi hamda avtomatlashtirilgan saqlash ombori qurilish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yil Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan, qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini rivojlantirish dasturini imzolagan edi. Unga koʻra, 2017-2021 yillar davomida alternativ energetikani rivojlantirish hisobidan Respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarishni 1,25 GVtga oshirish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular