09:38 21 Noyabr 2017
Efir
Kalujskiy zavod PSMA Rus

Import avtomobillarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi osonlashdi

© Sputnik/ Vitaliy Belousov
Iqtisod
Havola olish
945 0 0

Bojxona tartib-qoidalarni soddalashtirish tadbirkor va jismoniy shaxslarga yengilliklar yaratish, ularning vaqtini va mablagʻini tejash maqsadida amalga oshirilmoqda.

TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Xorijdan olib kelinayotgan avtotransport vositasin bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi soddalashtirildi, deb xabar qilmoqda 1news.uz nashri.

Ushbu kunga qadar Oʻzbekistonga chet elda ishlab chiqarilgan avtomobil olib kirilganda, “Avtotransport vositasini olib kirish guvohnomasi” rasmiylashtirilar va 10 kun muddat ichida ushbu guvohnoma Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan  ruyxatga qoʻyilar edi.

Vazirlarmahkammasi tomonidan joriy qilingan yangi tartibga koʻra, bundan buyon yuqorida qayd etilgan guvohnoma bekor qilinib, barcha kerakli maʼlumotlar bojxona tomonidan elektron aloqa vositalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri Davlat yoʻl harakati xizmatiga yuboriladi.

Ikkinchidan, oldingi tartib qoidaga koʻra, chet eldan olib kelingan transport vosiatlariga, olib kelinganidan soʻng 5 yil muddat ichida uning egasi oʻzgargan taqdirda, yoki guvohnoma yaroqsiz holga kelgan hollarda avtotransport egasining bojxona organlariga yozgan arizasi talab qilinar edi.

Bundan buyon yuqorida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan hech qanday qoʻshimcha hujjatlar rasmiylashtirilmaydi. “Vaqtincha olib kirish” bojxona rejimi ostida olib kirilgan avtotransport vositasining "Guvohnomasi"ga yangi maʼlumotlar elektron maʼlumotlar qayta rasmiylashtirilgandan soʻng yoʻl qoʻyiladi.

Bu kabi islohotlar tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok etayotgan tadbirkor va jismoniy shaxslarga yengilliklar yaratish, ularning vaqtini va mablagʻini tejash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Asosiy mavzular