O‘zbekiston moliya bozorini rivojlashtirish konsepsiya loyihasi ishlab chiqildi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishGrafik sostoyaniya finansovogo rinka
Grafik sostoyaniya finansovogo rinka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konsepsiya loyihasi 7 ta bo‘lim va 19 ta banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston moliya bozorining hozirgi holati, jamg‘arma, sug‘urta bozorlari hamda konsepsiyaning maqsadi va vazifalari yoritilgan

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan "2021-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini rivojlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori loyihasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokama qilish portalida umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Nalogi. Rascheti - Sputnik O‘zbekiston
Soliq tizimini takomillashtirish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etildi

Qaror loyihasida Koreya birja jamg‘armasi mutaxassislari, BMT rivojlantirish dasturi, Xalqaro moliyaviy korporatsiya, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan O‘zbekiston moliya bozorini o‘rta va uzoq istiqbolda rivojlashtirish Konsepsiya loyihasi havola etilgan.

Konsepsiyada O‘zbekiston moliya bozorini rivojlantirish asosiy yo‘nalishlarini belgilab berish, raqobatbardoshlik muhitini yaxshilash, mamlakat iqtisodiyotida moliya bozori mavqeyini oshirish, moliyaviy boshqaruvini yangi turlarini tatbiq etish va qo‘shimcha ish o‘rinlarni yaratish masalalari qayd etilgan.

Konsepsiya loyihasida O‘zbekiston moliya bozorining hozirgi holati, jamg‘arma, sug‘urta bozorlari hamda konsepsiyaning maqsad va vazifalari yoritilgan.

Qaror loyihasiga 2017-2021 yillarda moliya bozorini rivojlantirish dasturi ham ilova qilingan. Shuningdek, konsepsiyani amalga oshirish Respublika komissiya tarkibi keltirilgan.

Shuningdek, qaror loyihasiga asosan 2018-yil 1-yanvardan offshor hududlarda ro‘yxatga olingan norezident yuridik shaxslar va offshor hududlarda istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan sug‘urta kompaniyalar ustav kapitalida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmasligi to‘g‘risidagi tartibni joriy etish rejalashtirilgan.

Ushbu hujjat loyihasi 2017-yil 5-avgustga qadar muhokama qilinadi. Qaror 1-oktabrdan kuchga kiritish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0