18:16 13 Dekabr 2017
Efir
Bitkoin

Bitkoin yangi dunyo valyutasiga aylanmoqdami?

© globallookpress.com
Iqtisod
Havola olish
99610

Oxirgi yil ichida keskin ommaviylashib borayotgan yangi valyuta - Bitkoinning narxi 13avgust kuni 4000 $ dan oshdi. Mutaxassislar aytishiga qaraganda u yaqin kelajakda 5000 $ yetishi ham mumkin ekan.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Oʻtgan tunda dunyoda eng ommaviy boʻlgan kriptovalyuta — Bitkoinning kursi yangi rekord oʻrnatdi:u bir bitkoin uchun 4000 $ dan oshdi. Eslatib oʻtamiz, bundan oldingi rekord 1Ƀ — 3500$, 11 avgust kuni oʻrnatilgan edi.

Bitkoin(Ƀ) — bu dunyoda birinchi erkin valyuta boʻlib, u faqat internetda, raqamli dunyoda mavjud. Bitkoin oʻz egasi va sotuvchi orasida toʻgʻridan toʻgʻri harakatlanadi, yaʼni bank, pochta yoki boshqa tizim orqali oʻtmaydi. Shuning uchun Bitkoinda  amalga oshirilgan operatsiyalar uning egasini oshkor qilmaydi va bitkoin egasi bank komissiyasi toʻlamaydi. Uchinchidan, bitkoinni hech qaysi mamlakat hukumati oʻz xoxishiga qarab istaganicha bosib chiqara olmaydi yoki bitkoin hisob raqamini "muzlatib" qoʻya olmaydi. Bugungi kunda, bitkoinni dollar, yevro yoki boshqa valyuta evaziga sotib olib unga istalgan narsani xarid qilish mumkin.

Moliyaviy tahlilchilar aytishiga qaraganda Bitkoinning oʻsishiga sabab — investorlarning unga boʻlgan ishonchining ortishi hamda Yaponiya bozorida talab oshishida. Shuningdek, yaqin kunlar ichida Bitkoin almashuv tarmogʻida Segregated Witness protokolining ishga tushirilishi kutilayotgani boʻlmoqda. Ushbu protokol ishga tushirilgan taqdirda bitkoin tarmogʻining masshtablashishi muammolari, pul oʻtkazmalari tasdiqlovini tezlashtirish hamda komissiyani kamaytirish imkoni paydo boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, bundan biroz oldin moliya eksperti Maks Kayzer oʻz prognozini eʼlon qilgan edi. Unga koʻra yaqin orada bitkoinning narxi 5000 $ dan oshib ketishi mumkin ekan. Moliya tahlilchisi aytishiga qaraganda, kelajakda bitkoin dunyo valyutasiga aylanishi mumkin ekan.

"Bitkoin narxi 5000 $dan oshadi. Pul chop etish boʻyicha hukumat monopoliyalari siqib chiqariladi", — degan edi tahlilchi oʻz twitterida.

Dunyoning eng yirik investitsion banklaridan biri boʻlgan Goldman Sachs banki tahlilchisi yaqinda bitkoin foydasiga shunday fikr bildirgan edi.

"Umumiy kapitalizatsiyasi 120 mlrd $ boʻlgan kriptovalyutalar bozorini koʻrmaslikka olish, kundan-kunga qiyinlashib bormoqda. Bugungi kunda 800ga yaqin kriptovalyutalar mavjud, ulardan 9tasining kapitalizatsiyasi 1 mlrd $ dan ortiq", — degan edi bank tahlilchisi Robert Borujerdi.

Rossiyada kriptovalyutaga hozircha munosobat ehtiyotkorna. Xususan, Vladimir Putin davlatning raqamli valyutalarga munosobati ehtiyotkorona, chunki ushbu sohada "hech narsa qonuniy muvofiqlashtirilmagan", markaziy bank rahbari Elmira Nabiulina esa "Raqamli aktilar joriy qilinishidan iqtisod uchun hech qanday naf koʻrmatganini" maʼlum qilishgan edi.

AQsh hukumati esa, bitkoin tarqalishiga imkon qadar toʻsqinlik qilmoqda. Xususan, Dumaning kriptovalyuta komissiyasi rahbari, MGIMO professori Elina Sidorenko — AQSH sudlari dunyoning istalgan mamlakatlari fuqarolarini kriptovalyutada amalga oshirgan, ICO tizimiga muvofiq yuridik hujjatlari boʻlmagan har qanday toʻlovini "noqonuniy" deb tan olishi mumkin. Ular ushbu yoʻnalishda qonunchilikni qatʼiylashtirish yoʻlidan bormoqda, degan edi.

Asosiy mavzular