O‘zbekiston mevalari Rossiyaning eng qimmat restoranlari menyusidan o‘rin oladi

© Sputnik / Vadim ShekunInteryer moskovskogo restorana "PLOV"
Interyer moskovskogo restorana PLOV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya restoranlari menyusini O‘zbekistondagi fermerchilik va dehqonchilik mahsulotlari boyitishi kutilmoqda

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. "O‘ztreyd" kompaniyasi va Rossiyaning "La Mare" riteyleri Moskvada "UzTreyd LM" savdo uyini ochish bo‘yicha memorandum imzoladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri respublika tashqi savdo vazirligi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Magomed Musayev - Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassis: O‘zbekiston meva-sabzavotlari Rossiya bozorida arzonlashadi
Hujjat ikki kompaniya delegatsiyalarining shu kunlarda Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi davomida imzolangan. Bugungi kunda "Uztreyd" Rossiyadagi restoran va otellarga o‘zbek sabzavotlari va mevalarini yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Xabarga ko‘ra, "Uztreyd" Rossiyaga fermerchilik va dehqonchilik mahsulotlari ekport qilinishini ta’minlaydi.

Mahkama matbuot-xizmatidagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya poytaxtida savdo uyining ochilishi sentabr oyi oxiri oktabr oyi boshlariga rejalashtirilgan. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, yil oxirigacha Rossiyaga 10 ming tonna barra, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavotlar eksport qilinishi kutilmoqda.

Sentralniy rinok v Voroneje - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va RF meva-sabzavot yetkazib berish bo‘yicha 612 mln $lik shartnoma imzoladi
Ta’kidlash joizki, "La Mare" — restoranlarga xizmat ko‘rsatuvchi mashhur brendlardan biridir. U X5 Retail Group, "Ashan", "Metro", O'KEY, "Azbuka vkusa", "Magnit", "Globus Gurme", "Alie Parusa", "Globus", "Magnoliya", "Giperglobus" singari yirik tarmoq mijozlar bilan hamkorlik yuritadi. Shuningdek, kompaniya oliy turdagi do‘konlar, gastronomik va vino butiklari, gipermarketlar, supermarketlar, diskaunterlar va minimarketlarga xizmat ko‘rsatadi.

Kompaniya Moskvada to‘rtta, Sankt-Peterburg va Monakoda bittadan La Maree nomli restoranlarga ega. Shuningdek, Sankt-Peterburg, Janubiy Saxalin,Vladivostok, Yekaterinburg, Sochi, Murmansk va qator xorijiy davlatlarda o‘z ofislari va bo‘linmalariga ega.

Yangiliklar lentasi
0