Iqtisodchi: Davlat xususiy fermerlarga tekin suv yetkazib berishga majbur emas

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishSuv
Suv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandlik iqtisodchi Mirzo Subxonov fikriga ko‘ra, bozor sharoitida bir fermerga suv tekin yetkazib berilsa, ikkinchi fermer esa xuddi shu suvdan o‘z nasosi orqali foydalansa, bu raqobat muhitiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi

TOShKENT, 16 avg – Sputnik.  Mirzo Subxanov hozirgi kunda qishloq va suv xo‘jaligi tizimida o‘nlab yillar davomida yechilmayotgan dolzarb muammolarning hal etish bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev qishloq va suv xo‘jaligini jiddiy islohot qilishga kirishdi
"Xo‘jalik tizimidagi dolzarb muammolardan biri bu eski sovet davrida XX asrning 60-70 yillarida qurilgan va hozirgacha faoliyat olib borayotgan davlat nasos stansiyalar tizimidir. Qishlok va suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatidagi davlat nasos stansiyalari energetika va aloqa boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Abduqodirovich Shomayramovning ma’lumot berishicha bu tizimda 1500 dan ortiq nasoslar mavjud.

Nasos stansiyalarining vazifasi 50-yil oldin sovet paytida tasdiklangan ro‘yxatdagi qishloq xo‘jaligi yerlariga "tekinga" suv yetkazib berishdir. Suv yetkazib berishdagi elektr energiya va boshqa xarajatlar davlat budjeti hisobidan amalga oshirilar ekan. Ammo yetkazib berilgan suv bo‘yicha fermer xo‘jaliklari hech qayday majburiyat olishmas ekan. Tizimdagi bir nasosning elektr energiya xarajati soatiga 250 kVtdan boshlanadi va tizimdagi nasoslarning aksariyati mavsumda sutkasiga 24 soat ishlatilar ekan. Elektr energiyaning vaqtinchalik uzilishi yoki nasoslarni texnik soz holda saklash uchun vaqtinchalik o‘chirilishi ba’zi bir "uddaburo" fermerlarning shartnoma shartlarini bajarmasligiga "bahona" bo‘layotganligi holatlari ham kuzatilgan", — deb yozadi Subxanov.

Bloger davlat xususiy fermerlarga budjet hisobidan "tekin" suv yetkazib berishga majburmi, deya savol tashlagan.

"Moliya vazirligining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra 2017-yilda davlat budjetidan suv xo‘jaligi ekspluatatsiya muassasalariga 2 trln 296 mlrd so‘m, shundan faqat elektr energiya harajatlari uchun 1 trln 488 mlrd so‘m ajratish rejalashtirgan. Agar bu nasoslarning eskiligi va elektr energiya harajatining zamonaviy tejamkor nasoslardan 3-4 marta ko‘p sarflashini inobatga olinsa, qanchadan qancha elektr energiyani tejalishini xisoblash kiyin emas. Bunda biz nafaqat elektr energiya harajatini, balki suv xarajatini ham kamaytirgan bo‘lar edik.

Suv tejalishining ekologik taraflarini ham alohida aytib o‘tish lozim. Xususan Orol dengizi kurishining sabablaridan biri 60-70 yillarda sovet tuzumining qishloq xo‘jalik yerlaridan maksimal darajada foydalanish uchun lalmi yerlarda paxta ekishni kupaytirish va suvdan oqilona foydalanmaganligini aytib o‘tish mumkin. O‘sha paytda biz aytib o‘tayotgan nasoslar tizimi joriy etilgan. Bu nasoslar tizimida hattoki katta hajmdagi yer osti nasoslari ham mavjudligini alohida aytib o‘tish joiz.

Tashkentskoe more ili pritagatelniy Charvak - Sputnik O‘zbekiston
Alixonov: O‘zbekiston transchegaraviy suvlardan adolatli foydalanish tarafdori
Zamonaviy sug‘orish texnogiyalarning paydo bo‘lganligi va hozirda qishloq xo‘jaligida lalmi yerlarga eski kanalli tizimda suv yetkazib berishdan voz kechish darkor. Davlat xususiy fermerlarga budjet hisobidan «tekin» suv yetkazib berishga majbur emas!" — deb yozadi bloger.

Subxonov fikriga ko‘ra, bozor sharoitida bir fermerga suv tekin yetkazib berilsa, ikkinchi fermer esa xuddi shu suvdan o‘z nasosi orqali foydalansa, bu raqobat muhitiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Elektr energiyani o‘z hisobidan to‘layotgan fermer mahsuloti tannarxi qimmatrok bo‘lishi va u tekin suvdan foydalanayotgan fermer bilan raqobatlasha olmasligi ham ayon.

"Biz qishloq xo‘jaligini isloh qilar ekanmiz birinchi navbatda bu eski nasoslardan foydalanishdan voz kechishimiz shart. Tejaladigan budjet mablag‘larini esa tomchilab sug‘orish va boshqa zamonaviy sug‘orish tizimlarini rivojlantirishga yo‘naltirishimiz maqsadga muvofiq. Bu bilan biz suv va elektr energiya resurslarining ko‘p miqdorda tejalishiga muvaffaq bo‘lamiz", — deb yakun yasaydi Mirzo Subxanov.

Yangiliklar lentasi
0