Toshkentda davlat ko‘chmas mulki sotuvga qo‘yildi

© Xokimiyat g. TashkentaZdanie gostinisi vistavlennoy na torgi
Zdanie gostinisi vistavlennoy na torgi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha ko‘chmas mulk obyektlari qisqa muddat ichida investitsiya kiritish, yangi ishchi o‘rinlari tashkil qilish majburiyati bilan sotiladi.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent  shahar hududiy boshqarmasi bir necha davlat ko‘chmas mulk aktivlarini sotuvga chiqardi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimiyati.

Savdoga qo‘yilgan ko‘chmas mulk obyektlari orasida bir necha binolar, binolar qismi, qurilishi yakunlanmagan obyektlar, "Istirohat" fabrikasi va "Sayohat" mehmonxonasi bor.

Samarqandda qadimiy masjidlar ijaraga beriladi

Obyektlarning eng qimmati "Sayohat" mehmonxonasi bo‘lib uning qiymati 28,6 mlrd. so‘m, ikkinchi o‘rinda "Istirohat" fabrikasi bo‘lib, u 20,6 mlrd. so‘mga sotuvga chiqarilgan.

Barcha ko‘chmas mulk obyektlari qisqa muddat ichida investitsiya kiritish, yangi ishchi o‘rinlari tashkil qilish majburiyati bilan sotiladi.  

Savdoda ishtirok etish uchun sotuvchining hisob raqamiga sotiladigan obyekt qiymatining 15%dan kam bo‘lmagan miqdorida zakalat summasi kiritish va biznes-rejalarini taqdim etish kerak.

Yangiliklar lentasi
0