O‘zbekiston bozorlariga Tumen kartoshkalari keltiriladi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishTorgovlya na optovo-roznichnom rinke
Torgovlya na optovo-roznichnom rinke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yilning yanvarida agrofirma bilan O‘zbekistonga 2 ming tonna kartoshka yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolangan

TOShKENT, 19-avgust — Sputnik. Tumenning KRiMM agrofirmasi O‘zbekistonga yana bir partiya "Rozara" va "Red Skarlet" navli kartoshkalarni yetkazib berishga tayyorlanmoqda, deb xabar berdi uznews.uz.

Kartoshka yig‘ib olinmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiyaning oliy navli kartoshkasi yetishtiriladi

Agrofirma bosh direktori Gennadiy Razanovning aytishicha, hozirda ertaki kartoshka terib olinmoqda, bugundan esa urug‘lik kartoshkani terish ishlari boshlanadi.

"Mo‘l hosil yig‘ib olish niyatidamiz. Havo quruq va issiq bo‘lishiga umid qilmoqdamiz, lekin tabiat injiqliklariga ham tayyorlanmoqdamiz. Yig‘ib olingan hosilni sifatli saqlashda omborxonalarimiz qo‘l keladi", deydi u.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvarida agrofirma bilan O‘zbekistonga 2 ming tonna kartoshka yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolangan bo‘lib, bahorda 600 tonna kartoshka yetkazib berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0