O‘zbekistonda o‘rta korxonalar tuzilishi mumkin

© Sputnik / Vasiliy MelnichenkoSibirdagi daraxtni qayta ishlovchi korxona
Sibirdagi daraxtni qayta ishlovchi korxona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur hujjat bilan www.regulation.gov.uz manzilida to‘liq tanishish hamda joriy yilning 31-avgustiga qadar o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. 2018-yilning 1-yanvaridan O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektining yana bir shakli — o‘rta korxonalar paydo bo‘lishi mumkin. Ularda besh yuz kishigacha ishchi faoliyat ko‘rsatishi taklif etilmoqda.

Taqinchoq - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy koreya Toshkentda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxona ochmoqchi
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni loyihasida keltirilmoqda.

Loyihada o‘rta korxonalar agarda 10 %lik stavkada yagona soliq to‘lovi hamda 20 foizlik stavkada yagona ijtimoiy to‘lovni amalga oshirsa, soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimidan foydalanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Mazkur hujjat bilan www.regulation.gov.uz manzilida to‘liq tanishish hamda joriy yilning 31-avgustiga qadar o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0