Maktab va tibbiy muassasalarda buxgalter lavozimi bekor qilindi

CC BY-SA 2.0 / Ken Teegardin / Kalkulyator
Kalkulyator - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon barcha maktab va tibbiy muassasalarda xarajatlarni hisoblash, maosh to‘lash, tovar va xizmatlar sotib olish bilan markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari shug‘ullanadi.

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti qaroriga asosan, 1-sentabrga qadar barcha maktab va tibbiy muassalarda buxgalteriya xizmatlari bekor qilinadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ularning o‘rnini shahar va tuman maorif va tibiyot bo‘limlarida yangi tashkil qilinadigan markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari egallaydi. Yangi xizmatlar xarajat va maoshlarni hisoblash, tovar va mahsulotlar sotib olish hamda muassasaning budjet va budjetdan tashqari kelib tushayotgan daromadini hisoblash bilan shug‘ullanadi.

Davlat budjeti daromadi: qayerdan kelib qayerga ketmoqda

Undan tashqari Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Otliy ta’lim, O‘rta va maxsus ta’lim vazirliklarida hamda Pensiya jamg‘armasida ichki nazorat va moliya-audit xizmati paydo bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyevning yangi qaroriga ko‘ra, Moliya vazirligidagi Nazorat — tekshiruv bosh boshqarmasi ham qayta tashkil qilinib, bir necha yangi yo‘nalishga ega bo‘ldi.

Xususan, ushbu boshqarma bundan buyon, maxsus avtomatlashtirilgan dasturlar yordamida budjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyati ortidan nazorat qilish bilan ham shug‘ullanadi. 

Nazorat-tekishiruv boshqarmasi, shuningdek, pul va moddiy boyliklarning o‘g‘irlanishi, xarajatlar ro‘yxati va shtat jadvalini tuzishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish uchun muyayan choralar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Maktabni yangi o‘quv yiliga tayyorlash - Sputnik O‘zbekiston
Maktablarda remont uchun pul yig‘ilmaydi: ta’mirlash-eksplutatsiya xizmatlari tashkil etilyapti

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha qarorlar qabul qilish markazi etib Davlat moliya nazoratining muassasalararo kengashi tayinlanadi. Unga moliya vaziri Botir Xo‘jayev rahbar etib tayinlandi.

Xo‘jayev, shuningdek,  davlat moliya nazoratining istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash, tizimli moliya qonunbuzarliklarini belgilash va oldini olish bilan ham shug‘ullanadi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu yilning noyabr oyiga qadar davlat nazoratini takomillashtirishni, budjetning har bir bosqichida ichki va tashqi moliya nazoratini yo‘lga qo‘yishni hamda davlat ulushi 50% bo‘lgan korxonalarda ham shunday nazorat olib borishni yo‘lga qo‘yishni topshirdi.

Yangiliklar lentasi
0