14:13 24 Oktyabr 2017
Efir
Yuliy Yusupov

Yuliy Yusupov: erkin konvertatsiya narxlar oshishiga olib kelmasligi kerak

© Facebook
Iqtisod
Havola olish
78431

"Bu yoʻlda maʼlum muammo va qaltisliklar bor, lekin ularning barchasini hal qilish yoki yumshatish mumkin. Buning hammasi hukumat qoʻlida", - dedi iqtisodchi.

TOSHKENT, 4 sen — Sputnik.Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2 sentyabrda imzolangan qaroriga koʻra, Oʻzbekistonda 5 sentyabrdan boshlab xorijiy valyutani cheklovsiz sotib olish va sotish mumkin boʻladi.

Oʻzbekiston uchun oʻta muhim boʻlgan ushbu voqea oldidan Sputnik muxbiri Oʻzbekistonning yetakchi iqtisodchilaridan biri, mustaqil iqtisodiy tahlilchi Yusupov Yuliy Batыrovich bilan suhbatda boʻldi.

- Markaziy bank valyuta kursini qanday boshqaradi?

- Markaziy bank valyuta kursini boshqarishning usullari koʻp. Valyuta koridori oʻrnatish, rasmiy kurs yoki erkin bozor kursi joriy etishi ham mumkin. Bunday holda Markaziy bank bozor kursiga faqat interventsiyalar bilan, yaʼni katta miqdorda valyutani sotib olish va sotish yoʻli bilan aralashishi mumkin. Bu odatiy hol. Dunyoning barcha mamlakatlari markaziy banklari kurs belgilash jarayoniga aralashadi. Aks holda valyuta kursida keskin tushish va chiqishlar (sakrashlar) yuz berishi mumkin.

- Konvertatsiya ochilsa import mahsulotlari narxi keskin oshadimi?

— Konvertatsiya ochilganidan keyin qanday kurs oʻrnatilishiga qarash kerak. Buning bir necha tomonlari bor. Masalan, bojxona toʻlovlari, ular rasmiy kurs boʻyicha hisoblanadi. Agar kurs 7-8 mingga chiqib ketsa, bojxona toʻlovlari ham 2 baravar oshadi. Lekin hukumat buni biladi va buni oldini olish choralarini koʻrmoqda. Prezident qarorida bojxona toʻlovlari muvofiqlashtirilishi kerak deyilgan. Demak, kerak boʻlsa  ular kamaytiriladi.

Mana shu ishlarning barchasi toʻgʻri amalga oshirilsa – narxlar oʻsmaydi. Bu yoʻlda maʼlum muammo va qaltisliklar bor, lekin ularning barchasini hal qilish yoki yumshatish mumkin. Buning hammasi hukumat qoʻlida.

Davlat monopoliya kompaniyalari xizmatlari, masalan aviachiptalar narxi oshmaydimi?

Sayt Ebay na ekrane telefona
© Sputnik/ Natalia Seliverstova/collage

Maʼlumki, Oʻzbekiston Milliy aviakompaniyasining aviachiptalari narxlari, uyali aloqa kompaniyalari va internet  pravayderlari xizmatlari narxlari xorijiy valyuta kursi asosida belgilanar edi. Bu borada ham narxlar oshmasligi prezident qarorida alohida taʼkidlangan. Aytish kerak-ki, ushbu kompaniyalarning ayrimlari Oʻzbekiston bozorida monopolist yoki bozorga katta taʼsir koʻrsatish imkoniga ega. Shuning uchun, kurs erkinlashganidan keyin, hukumat tomonidan ularni nazorat qilib turish kerak, toki ular davlat kursi oʻsishidan foydalanib narxlarini oshirmasin. Aslida yuqorida aytib oʻtilgan monopolist kompaniyalar uchun narx oshirishga asos ham yoʻq, chunki ular qilayotgan xarajatlarining aksariyati Oʻzbekistonda, soʻm hisobida amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi konvertatsiya ochilishi munosabati bilan aloqa operatorlari va internet provayderlarga maxsus yoʻriqnoma yubordi. Unda aytilishiga koʻra, AQSH dollarida yoki sh.b. da koʻrsatilgan xizmatlar narxlari Markaziy bankining 2017 yil 4 sentyabridagi kursi boʻyicha hisoblangan narxlardan oshmasligi kerak.

 

Asosiy mavzular