Mikrokredit olish uchun garov talab qilinmaydi

Obuna bo‘lish
"Mikrokreditbank" oilaviy tadbirkorlik, ayollar faoliyati, uy mehnati, hunarmandchilik va shaxsiy xo‘jalikni rivojlantirish uchun kerditlar berishni boshlaydi.

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki, kollektiv kafillik asosida, garovga qo‘yish talab qilmaydgan kreditlar berishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri.

"Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki, garov talab qilmaydigan tartibda 3-5 kishilik kollektiv kafillik guruhlari tashkil qilgan holda kredit berish  tartibini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Kelishuv - Sputnik O‘zbekiston
Kichik tadbirkorlarga bankdan kredit olish osonlashdi

Bunday guruhlarning har bir a’zosi bir yil muddatgacha eng kam ish haqqining 15 baravari miqdorida qarz olishi mumkin.

Garov talab qilmaydigan kreditlar berish tartibini Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Ayollar qo‘mitasi nazorat qiladi.

Moliya muassasalari oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, uy mehnati, hunarmandchilik va xususiy xo‘jalik faoliyatlarini rivojlantirish uchun kreditlar berishni rejalashtirgan.

Boshlovchi tadbirkorlar uchun mikromoliyaviy xizmatlar xizmatlar ko‘rsatish tizimini rivojlantirish davlat dasturiga ko‘ra, 2017-2020 yillarda "Mikrokreditbank" tomonidan yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlar uchun 7,5 mln so‘mgacha, yuridik shaxs bo‘lganlar uchun esa 15 mln so‘mgacha kreditlar berish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0