04:46 24 Sentyabr 2017
Efir
Dengi

Dollarning rasmiy kursi pasaydi, yevro esa oshdi

© Sputnik/ Anton Denisov
Iqtisod
Havola olish
Oʻzbekistonda valyuta islohoti amalga oshirilmoqda (23)
210440

Shu yil 5 sentyabrdan Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 8100 soʻmga teng qilib belgilangan edi

TOSHKENT, 11 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki 2017 yil 12 sentyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymatini yangiladi.

Unga koʻra, dollar kursi bir hafta ilgari, 5 sentyabr kuni oʻrnatilgan valyuta kursiga nisbatan qariyb 8 soʻmga pastlagan va 8092.13 soʻmga teng boʻlgan (-7.87).

Yevro esa 73.17 soʻmga qimmatlashdi va 9 718.65 soʻmni tashkil qildi.

Eslatib oʻtamiz, 5 sentyabrdan Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 8100 soʻmga teng qilib belgilangan edi. Oʻshanda dollar kursi 29 avgustda belgilangan avvalgi koʻrsatkichga nisbatan 3889 soʻm 65 tiyinga oshgandi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda valyuta islohoti amalga oshirilmoqda (23)

Asosiy mavzular