04:46 24 Sentyabr 2017
Efir
Saxarnыy pesok

Oʻzbekistonga olib kiriladigan shakar import boji va aktsiz soligʻidan ozod qilindi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
34830

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shakar qamish yoki qandlavlagi shakari va qattiq holatdagi kimyoviy jihatdan toza saxaroza uchun import bojining nol darajasini belgilash boʻyicha qaror imzoladi

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi. Unga asosan respublikaga olib kiriladigan shakar bojxona toʻlovlaridan ozod etildi.

"15 sentyabrdan boshlab shakarqamish yoki qandlavlagi shakari va qattiq holatdagi kimyoviy jihatdan toza saxaroza uchun import bojxona bojining nol darajasi belgilansin", — deyilgan prezident qarorida.

Oʻzbekiston prezidenti Davlat bojxona qoʻmitasiga import qilinayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlarni oʻz vaqtida va toʻsiqsiz bojxona rasmiylashtiruvini taʼminlash vazifasini topshirdi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonga shakarni eng koʻp yetkazib beruvchi mamlakat Rossiyadir. Oʻzbekistonda shakar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, uning xom ashyosi Braziliyadan valyutaga sotib olinadi. Shuning uchun shakarning narxi sezilarli qimmat boʻlmoqda.

Asosiy mavzular