04:46 24 Sentyabr 2017
Efir
Plodoovoщnaya yarmarka v Tashkente

Oʻzbekiston xorijga 6 million dollarlik meva-sabzavot eksport qiladi

Sputnik / Stringer
Iqtisod
Havola olish
23720

Riga shahrida Oʻzbekiston kompaniya vakillari 6 million dollarlik meva-sabzavotlarni eksport qilish boʻyicha shartnomalarni imzoladilar

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekiston kompaniyalari xorij mamlakatlar bozorlariga 6 mln dollarlik meva-sabzavot va dukkakli mahsulotlarni eksport qilish boʻyicha 5 ta shartnoma imzoladi, "Jahon" AA xabariga asosan.

Ushbu shartnomalar Latviya poytaxtida oʻtkazilgan Riga Food — 2017 xalqaro koʻrgazmasi doirasida imzolandi.

Oʻzbekiston mahsulotlari dunyoning 35 ta mamlakatlaridan kelgan 750 ta kompaniyalarga namoyish qilindi.

Riga Food — Yevropada eng yirik xalqaro koʻrgazmalardan biri hisoblanadi. Ushbu koʻrgazmada meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlar yetkazib berish, shuningdek, ularni ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash sohasidagi yangiliklarning taqdimoti oʻtkaziladi.

Avgust oyi oxirida Oʻzbekiston-Latviya biznes forumida "Uztreyd" kompaniyasi Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 10 mln dollarlik toʻqimachilik, meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha qator shartnomalarni imzolanganligi haqida xabar bergan edik. Oʻzbekiston va Latviya muzokaralari davomida Latviyada qoʻshma savdo uyini ochishga kelishib olindi.

Asosiy mavzular