AQSh va O‘zbekiston kompaniyalari 2,6 milliard $lik shartnomalarni imzolashdi

© Sputnik / Ramil SitdikovRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Forum sho‘’balaridagi muzokaralarda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekistonda qulay investitsiyaviy muhitni shakllantirish hamda sanoat, infratuzilma, turizm, fan va ta’lim sohalarida qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalari qizg‘in muhokama qilindi

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi doirasida Nyu-Yorkda O‘zbekiston va AQSh kompaniyalari o‘rtasida umumiy qiymati 2,6 milliard dollarga teng bo‘lgan yirik hujjatlar to‘plami imzolandi, deb xabar qilindi O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Amerikadagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi
Aytilishicha, tadbirda AQShning 100 dan ortiq yetakchi kompaniyasi ishtirok etgan. "General Electric", "Honeywell", "Coca-Cola", "Boeing", "City Group", "Visa" kabi yirik korporatsiyalar shular jumlasidan.

Forum sho‘’balaridagi muzokaralarda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekistonda qulay investitsiyaviy muhitni shakllantirish hamda sanoat, infratuzilma, turizm, fan va ta’lim sohalarida qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalari qizg‘in muhokama qilindi.

Amerikalik ishtirokchilar O‘zbekistonda valyutani tartibga solish tizimiga bozor mexanizmlarini joriy qilish, bank-moliya tizimini mustahkamlash, biznesning soliq yukini qisqartirish, investorlar uchun, jumladan, mamlakatimizda tashkil etilgan yangi erkin iqtisodiy zonalar doirasida qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak baholadilar.

Biznes forum ishtirokchilari tomonlarni qiziqtirgan aniq investitsiya va savdo loyihalarini muhokama qildilar, ularni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni belgilab oldilar.

Tadbir yakunida AQSh kompaniyalari bilan umumiy qiymati 2,6 milliard dollarga teng bo‘lgan yirik hujjatlar to‘plami, jumladan, "General Electric" va "Honeywell" korporatsiyalari bilan neft-gaz va neft-kimyo sohalarida, "CNH Industrial", "John Deere" va "Caterpillar" kompaniyalari bilan mashinasozlik sohasida, "OSI Systems" va "Lutron" kompaniyalari bilan elektrotexnika sohasida, "Boeing" kompaniyasi bilan fuqaro aviatsiyasi sohasida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0