Bosh prokuratura oziq-ovqat narxini oshirganlar bilan shug‘ullanadi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishProdaja kurinix yais v regionax Rossii
Prodaja kurinix yais v regionax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Bosh prokuraturani o‘simlik moyi, un, go‘sht, shakar va kunjara mahsulotlar defsiti tashkil qilib ularning narxini keskin oshirib ketishiga yo‘l qo‘yganlar bilan shug‘ullanishga chaqirdi.

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ijtimoiy muhim bo‘lgan mahsulotlar narxi asoslanmagan ravishda ko‘tarilishiga qarshi kurashadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston prezidenti imzolagan farmonga binoan, Bosh prokuraturaning soliq, valyuta va noqonuniy daromadlar bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi bundan buyon oziq-ovqat mahsulotlari narxini noqonuniy ravishda oshirish holatlari bilan ham shug‘ullanadi.

Xususan, Bosh prokuratura o‘simlik moyi, un, go‘sht shakar, kunjara kabi ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar narxi oshish sabablarini o‘rganadi.

Undan tashqari prokuratura xodimlari davlat buyurtmalari bo‘yicha mahsulot sotib olishda korrupsiya holatlarini o‘rganadi va bozordagi narxlarni tizimli ravishda monitoring qilib boriladi.

Shuningdek, prokuratura mahsulot defetsitiga va uning narxi oshishiga yo‘l qo‘ygan bozor ma’muriyati hatti-harakatini ham o‘rganadi.

Ushbu ishlarni amalga oshirish maqsadida prokuratura xodimlari yuridik va jismoniy shaxslardan o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni talab qilish va tezkor-qidiruv ishlari o‘tkazish huquqiga ega bo‘lishdi.

Yangiliklar lentasi
0