14:35 24 Oktyabr 2017
Efir
Dvorniki

Jamoat ishlari uchun maosh 750 ming soʻmdan oshmaydi

© Sputnik/ Mayya Mashatina
Iqtisod
Havola olish
601 0 0

Vazirlar mahkamasi ыaroriga asosan, jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolarning oylik maoshi eng kam ish haqqining 5 baravaridan oshmasligi kerak.

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. Band boʻlmagan fuqarolar pullik jamoat ishlariga jalb qilishda eng katta maosh miqdori 748 ming soʻm miqdorida belgilandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Oʻzbekiston hukumati band boʻlmagan fuqarolarni pullik jamoat ishlariga jalb qilish tartibini belgiladi. Unga koʻra jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolarning oylik maoshi eng kam ish haqqining 5 baravaridan oshmasligi kerak. Jamoat ishlariga jalb qilinayotganlar maoshi barcha daromad soliqlardan ozod qilingan.

Jamoat ishlari davlat byudjeti asosida ishlaydigan tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan hollarda ishchilar maoshi Oʻzbekiston Jamoat ishlari fondi tomonidan qoplanadi. Jamoat ishlari tadbirkorlar yoki nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan boʻlsa, Fond xarajatlarning 50%ini qoplaydi.

Band boʻlmagan fuqarolar turli maydonlarni obodonlashtirish, turar joy fondlarini obʼyektlarini, koʻcha, yoʻl, trotuarlarni, irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini taʼmirlash, mavsumiy qishloq xoʻjalik ishlari, qariya va nogironlarga qarash hamda turli obʼyektlar qurilish va taʼmirlash kabi jamoat ishlarida ishtirok etishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, ishsiz fuqarolarni jamoat ishlariga jalb qilish, tajriba tariqasida 2017 yilning 1 oktyabridan boshlab Qoraqalpogʻiston har bir viloyatining bir tumanida va Toshkentda olib  boriladi. 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab butun Respublika boʻyicha olib boriladi.

Moliya vazirligi 2017 yilda Jamoat ishlari fondiga 84 mlrd soʻm, 2018 yilda — 714 mlrd soʻm mablagʻ ajratgan.

Asosiy mavzular