14:45 23 Oktyabr 2017
Efir
Fruktы na rыnke

Rossiyaga UzAgro brendi ostida dastlabki meva-sabzavot mahsulotlari joʻnatildi

© Pixabay
Iqtisod
Havola olish
447 0 0

UzAgro brendi ostidagi oʻzbek meva va sabzavot mahsulotlarining keng koʻlamli eksporti mazkur sohadagi eksport hajmini oshirish surʼatlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Oʻzbekistondan Rossiyaga ilk bor meva-sabzavot mahsulotlari UzAgro brendi ostida joʻnatildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Mahsulotlarning birinchi partiyasi aviatransport orqali "Oʻzagroeksport"ning Moskva shahridagi savdo uyiga joʻnatildi. Oʻn turdan ortiq sarxil va quritilgan mevalar, shuningdek 40 tonna uzum charter reys orqali Rossiyaga joʻnatildi.

"Oʻzbekoziqovqatxolding" kompaniyasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, UzAgro brendi ostidagi oʻzbek meva va sabzavot mahsulotlarining keng koʻlamli eksporti mazkur sohadagi eksport hajmini oshirish surʼatlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan. Endilikda UzAgro brendi mahsulotlarini tashish ishlari nafaqat avto va temir yoʻl orqali, balki aviatransport orqali ham amalga oshirilmoqda.

"Meva-sabzavot mahsulotlarini aviatransport orqali tashish Rossiya bozoridagi xaridorlarga yuqori sifatli sarxil, ekologik toza mahsulotni sotib olish imkonini beradi", — deyiladi kompaniya matbuot xizmati tomonidan.

Shuningdek "Oʻzbekoziqovqatxolding" Rossiyaning eng yirik X5, Magnit, Xolidey, Mariya-Ra kabi savdo tarmoqlari bilan sarxil va qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishga doir shartnomalarni imzoladi. Sarxil meva-sabzavotlarni har hafta yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Oʻzbekiston tashqi savdo vaziri Elyor Gʻaniyev respublika Rossiyaga yillik meva-sabzavot yetkazib berish hajmini bir milliard dollargacha oshirmoqchi ekanligini maʼlum qilgandi. Joriy yilning oʻzida Oʻzbekistondan Rossiyaga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish 30%ga oshdi.

Asosiy mavzular