Toshkentda yettita yangi zavod tashkil etish uchun 178 mln dollar yo‘naltiriladi

© pixabayDollari SShA
Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sergeli tumanidagi Janubiy sanoat hududida salqinlatuvchi ichimliklar, pivo, likor-aroq mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, metall qopqoqlar va stiker-markalar ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda shishasozlik uchun xomashyo materiallarini boyitish zavodi tashkil qilinadi

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Markaziy Osiyoda yetakchi bo‘lgan shisha idishlar ishlab chiqaruvchi Asl Oyna kompaniyasi o‘z quvvatlarini kengaytirish uchun 178 million dollar sarflaydi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Korxona 3ta shisha eritish pechlari va shisha mahsulotlari uchun xomashyo materiallarini boyitish zavodini barpo etish hisobiga ishlab chiqarishni uch baravarga oshirib, 200 million shartli birlikdan 600 millionga yetkazishni ko‘zda tutmoqda. Buning uchun qiymati 130 million dollarlik texnologik qurilmalar sotib olinadi.

Quvvatlarning ishga tushishi natijasida kamida mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ofis kompanii Siemens v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
"Simens" O‘zbekistonda zavod qurish masalasini muhokama qildi

Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondining 100 million dollarlik imtiyozli krediti hamda Milliy bankning 30 million dollarlik va va boshqa manbalarning investitsiyalari yo‘naltiriladi.

Qolgan mablag‘lar Toshkentning Sergeli tumanidagi Janubiy sanoat hududi negizida birdaniga yettita yangi zavod barpo etishga yo‘naltiriladi. Xususan, bu yerda salqinlatuvchi ichimliklar, pivo, likor-aroq mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, metall qopqoqlar va stiker-markalar ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda shishasozlik uchun xomashyo materiallarini boyitish zavodi tashkil qilinadi.

Asl Oyna — Toshkentda joylashgan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi shisha mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniya hisoblanadi.

Korxona mahsulotlari O‘zbekistonning UzCarlsberg, Toshkentvino, "O‘zbekiston Shampani", "Mehnat" zavodlariga hamda qozoq, turkman, qirg‘iz, tojik ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0