Nestle 1-dekabrdan O‘zbekistondagi uchta zavodidan birini yopmoqchi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishProizvodstvo pityevoy butilirovannoy vodi
Proizvodstvo pityevoy butilirovannoy vodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zavod yopilishi biznesni muvofiqlashtirish hamda O‘zbekistondagi faoliyatining hozirgi ustuvorliklari bilan bog‘liq

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Nestle Uzbekistan kompaniyasi rahbariyati 1-dekabrdan respublikadagi uchta zavodidan birini yopishga qaror qildi. Bu haqda korxona matbuot xizmatiga asoslanib RIA Novosti xabar qilmoqda.

Gap Toshkentdagi ichimlik suvi ishlab chiqarish zavodi haqida bormoqda.

"Hozirda turli variantlar, xususan aktivlarni salohiyatli xaridorlarga sotish ko‘rib chiqilmoqda", — dedi kompaniya vakili.

Uning aytishicha, zavod yopilishi biznesni muvofiqlashtirish hamda O‘zbekistondagi faoliyatining hozirgi ustuvorliklari bilan bog‘liq.

Nestle Uzbekistan vakili zavod xodimlari korxona yopilishi haqida xabardor qilingani, ularning barchasiga ta’til pullari berilishini ma’lum qildi.

"Biz respublikadagi qadoqlangan ichimlik suvi biznesida qolamiz va Namangandagi zavodimiz ishlashda davom etadi", — dedi korxona vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya sut ishlab chiqarish yo‘nalishini rivojlantirishda davom etadi hamda ishlab chiqarishni oshirish hisobiga xom ashyo yetkazib beruvchilar uchun imkoniyatlarni kengaytiradi.

Nestle Uzbekistan qo‘shma korxonasi 1999-yilda tashkil etilgan. Hozirda korxona tizimida uchta zavod faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan ikkitasi – ichimlik suvi (oddiy va gazlangan) va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodlar Namanganda joylashgan.

Toshkentdagi zavod gazlanmagan suv ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning O‘zbekiston biznesidagi investitsiyalarining umumiy hajmi 60 million dollardan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0