20:09 23 Noyabr 2017
Efir
Proverka dollarov na podlinnost

Erkin konvertatsiya ochilgandan buyon aholi yarim milliard dollarlik mablagʻni almashtirdi

© Sputnik/ Maksim Bogodvid
Iqtisod
Havola olish
55030

Joriy yil sentyabr-oktyabr oylari oldingi koʻrsatkichlar bilan taqqoslanganda oylik valyuta almashinuv hajmi 70 foizga ortganligi maʼlum boʻldi. Eksport qiluvchilarning valyuta sotuvidan tushgan foydasi ikki baravarga koʻpaydi.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Jismoniy shaxslar tomonidan sentyabr-oktyabr oylari davomida banklar orqali yarim milliard dollardan ortiq mablagʻ almashtirildi. Bu haqda Markaziy banki raisning birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, shu vaqt ichida jismoniy va yuridik shaxslarning xorijiy valyutada pul oʻtkazish (tranzaktsiya) koʻrsatkichlari sezilarli darajada koʻtarildi.

Joriy yil sentyabr-oktyabr oylari oldingi koʻrsatkichlar bilan taqqoslanganda oylik valyuta almashinuv hajmi 70 foizga ortganligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, mahalliy eksport qiluvchilarning valyuta sotuvidan tushgan foydasi ikki baravarga koʻpaydi.

Shuningdek, Markaziy bank amaldori soʻzlariga koʻra, jismoniy shaxslarning valyuta mablagʻlari koʻrsatkichlarining koʻpayishi aholi davlat tomonidan olib borilayotgan monetar siyosatiga ishonch ortib borayotganligidan dalolat bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 5 sentyabrdan boshlab erkin konvertatsiya joriy etilgandi. Oʻzbekiston yuridik shaxslari xalqaro faoliyatning joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun tijorat banklaridan xorijiy valyutani cheklanmagan miqdorda sotib olish yoki sotishlariga ruxsat berilgandi. Jismoniy shaxslar esa tijorat banklarida xorijiy valyutani bank kartasiga oʻtkazish yoʻli bilan, cheklanmagan miqdorda, sotib olish yoki sotishlari mumkin va sotib olingan valyutadan chet elda cheklanmagan miqdorda foydalanishlari mumkin.

Erkin konvertatsiyaning birinchi haftasida tijorat banklarida aholi tomonidan jami 200 mln dollar mablagʻ almashtirib olingan, yuridik shaxslar esa ushbu davr ichida 100 mln dollarga yaqin mablagʻ almashtirgan.

Asosiy mavzular